O‘zbekistonda kelgusi hafta janubiy oqim kuchayib, issiq havo hududni qamrab oladi. Bu haqida Gidrometrologiya markazi xabar berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston hududining katta qismida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Markaz xabariga ko‘ra, harorat kechasi 17-22 daraja atrofida, 20–22-aprelda kunduzi 25-30 daraja, 23–24-aprelda 27-32 daraja, janubda va cho‘l zonasida ayrim joylarda 33-34 darajagacha ko‘tariladi, bunday haroratlar shu davr uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqoridir.
Ta’kidlanishicha, aprelning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordlari 32-34 darajani, janub va cho‘l zonalarida esa 35-37 darajani tashkil qilgan. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga haftaning ikkinchi yarmida g‘arbiy Qozoqistondan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. 23-aprelda Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat pasayib 24-aprelda kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!