$
12060.55 UZS
-36.78
161.32 UZS
0.79
14183.21 UZS
-50.51
31° Kechasi 18°

Kiyimdagi dog‘larni ketkazishning oson usullari

10:50 / 01.11.2019

Ba’zida tasodifiy xatti-harakatlarimiz sabab top-toza kiyimga dog‘ tushirib qo‘yamiz. Kichik dog‘ bo‘lsa mayli, ammo kattasi bo‘lsa-chi? Yana bu dog‘ soch bo‘yog‘i, sharob yoki shokoladdan qolgan bo‘lsa-chi? Endi kiyimni tashlab yuborish kerakmi? Albatta, yo‘q. Eng to‘g‘ri yo‘l, dog‘ni ketkazishdir. 
Quyida dog‘larni ketkazishning 14 turdagi usulini bilib olamiz.

1. Yashil o‘t rangini ketkazish

источник: sovremennoedomovodstvo.ru

Farzandlarning ko‘chada, o‘t-o‘lan ustida ko‘p o‘ynashi sabab ba’zida kiyimda yashil dog‘ paydo bo‘ladi. Bu dog‘ni odekolon, novshadil spirti yordamida yo‘qotish mumkin. 30 ml. odekolonga 10 ml. novshadil spirti qo‘shiladi va kiyimning muammoli sohasi artiladi.

2. Ter dog‘ini yo‘qotamiz

Paxtali kiyimlarda bunday dog‘larni sharob sirkasi (1 osh qoshiq sirka bir stakan suvga solinadi) bilan, ipak kiyimlardagi dog‘ni toza spirt (1 osh qoshig‘i bir stakan suvga solinadi) yordamida yo‘qotiladi.

3. Soch bo‘yog‘idan qolgan dog‘ qanday ketkaziladi?

источник: hozvopros.com

Uch foizli vodorod perekis bir xil miqdorda novshadil spirti bilan aralashtiriladi va dog‘ tekkan joy artiladi.

4. Kiyimga guash tekkan bo‘lsa...

Dog‘ tekkan kiyim kir yuvish kukuni solingan suvda yarim soatga bo‘ktirib qo‘yiladi. Keyin quritiladi. Qurigach, dog‘ cho‘tka yordamida ishqalanadi.

5. Qon dog‘ini yo‘qotamiz

источник: 1001sovet.com

Ayrimlar qon tekkan kiyimni issiq suvga solib, uni yuvishga urinadi. Ammo qon dog‘ini ketkazish uchun sovuq suvdan ham foydalansa bo‘ladi. Kiyimning dog‘ qismi xo‘jalik sovuni yordamida ishqalanadi.

6. Yod kiyimga tekkan bo‘lsa-chi?

Yod dog‘ini novshadil spirti shimdirilgan shimgich (sponj)da artib, yo‘qotish mumkin.

7. Yelimdan qolgan dog‘

источник: sam-sdelay.ru

Yelimni yo‘qotishda tirnoq bo‘yog‘ini ketkazuvchi suyuqlikdan foydalanish mumkin. Ammo bunda tarkibida atseton bo‘lganlarini qo‘llash tavsiya etilmaydi. 

8. Saqichdan qolgan dog‘lar uchun

Kiyimga tekkan saqichni artib, ketkazishga urinish noto‘g‘ri. Uni muzlatkichga solib qo‘yish orqali saqichni osongina olib tashlash mumkin.

9. Shokoladdan ham kiyimda dog‘ qoladi

источник: tkan.club

Bu turdagi dog‘larni yo‘qotishda tuzli suv yordam beradi. 1 litr suvga qo‘shilgan 1 osh qoshiq kungaboqar yog‘i muammoning eng zo‘r yechimi.

10. Kiyimdagi yog‘ dog‘ini qanday yo‘qotamiz?

Kiyimda qolgan yog‘ dog‘i tish yuvish poroshogi yordamida ketkaziladi. Dog‘ga poroshok surtilgach, oradan 2-3 soat o‘tgach, cho‘tka yordamida tozalab tashlanadi.

11. Kiyimga sharob to‘kilib ketsa...

Qizil sharob rangini issiq suv kuchi bilan yo‘qotish mumkin. Kiyim tog‘orachaga solinadi va ustidan qaynagan suv quyiladi. 

12. Sut yoki sho’rvadan qolgan dog‘lar uchun...

Bunday dog‘lar bilan kurashish uchun sizga novshadil spirti, sirka kislotasi yoki spirt, tuz kerak bo‘ladi. Ulardan bir xil nisbatda qo‘shilib, aralashma tayyorlanadi (tuz biroz kamroq solinadi). Keyin suvda chayib tashlanadi. Qurigach, dazmol qilinadi. 

13. Sharbat dog‘ini yo‘qotamiz

1 choy qoshiq vodorod perekis yarim stakan suv bilan aralashtiriladi. Ushbu aralashmada namlangan sochiq bilan dog‘ bo‘lgan yer artiladi. So‘ngra sovuq suvda chayib tashlanadi.

14. Kiyimdagi lab bo‘yog‘ini ham yo‘qotish mumkin

источник: domashniy.net

Lab bo‘yog‘idan qolgan dog‘ ustiga natriy tetraborat moddasidan sepiladi. Bu moddani dorixonadan topish mumkin. So‘ng cho‘tka bilan artiladi va sovunli suvda yuviladi. Sovuq suvda chayqab tashlanadi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Ostona ekologik sammitida milliy pavilyonlar bilan tanishdi

Mirziyoyev Ostona ekologik sammitida milliy pavilyonlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifi doirasida Ostona shahrida o‘tkazilgan Mintaqaviy ekologik sammit (MES-2026) ko‘rga…
12:07 / 22.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonada o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonada o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi i

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida oʻtayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTni…
16:30 / 22.04.2026
Termizda maktab direktori pora sabab 4 yilga qamaldi

Termizda maktab direktori pora sabab 4 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida maktab direktori 2 million so‘m pora olganlikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 4 y…
10:16 / 22.04.2026
Samarqand shahrida global miqyosda dolzarb ahamiyatga ega masalaga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Samarqand shahrida global miqyosda dolzarb ahamiyatga ega masalaga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

“Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi mazkur …
17:31 / 20.04.2026
Toshkentda haydovchi maktab o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan ketib qoldi

Toshkentda haydovchi maktab o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan ketib qoldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 20-aprel kuni yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa vaqtida ikki nafar maktab o‘…
13:51 / 22.04.2026
23-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

23-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
16:00 / 22.04.2026
Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tash…
12:17 / 21.04.2026
"Birinchi kun yakunlari: amaliyot va tahlil muvozanati

"Birinchi kun yakunlari: amaliyot va tahlil muvozanati

Qashqadaryoda o‘tayotgan Media haftalikning ilk kuni sermazmun voqealarga boy bo‘ldi. Kun tartibidan o‘rin olgan mashg‘ulotl…
11:26 / 21.04.2026
21-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

21-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo…
17:27 / 20.04.2026
O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

Nyu-Yorkda EKOSOS sessiyasi doirasida o‘tkazilgan saylovlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 2027–2029 yillar uchun BMTning Jinoy…
17:51 / 20.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!