Bugun Samarqand shahrida global miqyosda dolzarb ahamiyatga ega masalaga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshladi. “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi mazkur tadbir dunyo hamjamiyatini bir maydonga jamladi.
Forumda 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspert va mutaxassislar, shuningdek, BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va SHHT kabi nufuzli tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Forum qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatini yetkazish men uchun yuksak sharaf bo‘ldi.
Tadbir davomida ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan qator tashkilotlar rahbarlari maxsus ta’sis etilgan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!