Surxondaryo viloyati Termiz tumanida maktab direktori 2 million so‘m pora olganlikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
U 2026-yil yanvar oyida shtati qisqargan xodimga ishga joylashish masalasida yordam berish evaziga 2 million so‘m talab qilgan. Dastlab 1 million so‘m va plastik karta olingan, keyinchalik kartadagi yana 1 million so‘m naqdlashtirilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan aybdor deb topilib, 4 yil ozodlikdan mahrum etildi hamda 2 yilga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!