$
12768.26 UZS
-62.87
162.63 UZS
1.56
14400.04 UZS
-142.76
29° Kechasi 17°

Kun tarixi: Eyfel minorasi qurib bitkazilganiga 130 yil bo‘ldi  

11:51 / 25.10.2019

Mana 130 yildirki, Butun dunyoga mashhur Eyfel minorasi odamlarni o‘ziga mahliyo qilib kelmoqda. Minora 1889-yil 25-oktabr kuni qurib bitkazilgan. 

Nima maqsadda qurilgan?

Eyfel minorasi inqilobning 100 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilayotgan butunjahon ko‘rgazmasini o‘tkazish uchun qurilgan. 

Nega aynan Eyfel deb nom berilgan?

Картинки по запросу Gustav Eyfel

Sababi bu betakror bino dizaynini yuqori darajali temiryo‘l ko‘priklarini qurish tajribasiga ega bo‘lgan muhandis Gustav Eyfel ishlab chiqqan. Odamlarga go‘zallik ulashuvchi inson sharafiga bino hamon Eyfel nomi bilan atab kelinadi.

Qurilishi

Эйфелева башня, июль 1888

Bino qurilishi 1887-yili boshlangan va ikki yil davomida 300 kishilik quruvchilar jamoasi bilan aniq hisob-kitoblar asosida juda tez sur’atda qurib bitkazilgan. Qurilishda 12 000 dan ortiq metal detallar va 2,5 mln. dan ortiq mixparchinlardan foydalanilgan. 300 metrlik "Temir xonim" huddi bolalarning "konstruktor" o‘yinchig‘iga o‘xshab qurilgan. 
Metall konstruksiyalar ogʻirligi 7 300 tonnani tashkil etadi (umumiy ogʻirligi esa 10 100 tonna). Poydevor beton asosdan iborat. Kuchli shamol vaqtida minora 15 sm. gacha chayqalishi mumkin.
Avvaliga muhandislar bino qurilganidan 20 yil o‘tgach, ya’ni 1909-yilda Eyfelni demontaj qilishni rejalashtirishgan. Ammo bu yerdagi tinimsiz sayyohlar oqimi sabab ular binoni o‘z holicha qoldirishga qaror qilishgan. Tashrif buyuruvchilarning ko‘pligi sabab bino ochilganidan bir yil o‘tib qurilish uchun sarflangan xarajatning to‘rtdan uch qismi to‘li qoplangan.

Minoraga kirish

Hozirda binoga kirish uchun avvaldan chipta buyurtma qilib qo‘yish kerak. Bo‘lmasa yarim soat, bir soatlab navbat kutib qolishingiz mumkin. Binoning birinchi darajali ko‘rish zaliga liftda chiqish uchun 11 yevro to‘lanadi, ikkinchi balandlikdagi zal uchun esa 17 yevro to‘lash kerak. Umuman olgan 7 yevro to‘lab, tepaga piyoda chiqsangiz ham bo‘ladi. Biroq biz sizga buni maslaxat bermaymiz, chunki Eyfelga chiqib tushganingizdan keyin qattiq charchab qolib, Parijning boshqa go‘zal joylarini ko‘rolmay qolishingiz mumkin. 

Ma’lumot uchun

Shuningdek, yurtimizda qad rostlab turgan Toshkent teleminorasining balandligi 375 metrni tashkil etadi. Teleminora 1978-yildan boshlab 6 yil davomida qurilgan va 1985-yilning 15-yanvarida ishga tushirilgan.
 


Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Bekobodda 35 yoshli shaxs qariyb 1 kg “gashish” bilan qo‘lga olindi

Bekobodda 35 yoshli shaxs qariyb 1 kg “gashish” bilan qo‘lga olindi

Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
11:42 / 29.05.2025
Isroil Muhammad Sinvarni yo‘q qilganligini tan oldi

Isroil Muhammad Sinvarni yo‘q qilganligini tan oldi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu chorshanba kuni G‘azo sektoridagi XAMAS rahbari va harakatning eng ko‘p qidirilayotgan…
19:45 / 28.05.2025
Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

“Toshkent metropoliteni” Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 …
21:41 / 30.05.2025
VAR – futboldagi adolatmi yoki...?

VAR – futboldagi adolatmi yoki...?

Millionlar o‘yinida adolatni ta’minlash va xatoliklarni kamaytirish maqsadida FIFA tomonidan 2018-yildan boshlab VAR (Video …
12:55 / 29.05.2025
Kanadada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Kanadada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan beri provinsiyada 102-yong‘in kuzatilmoqda — bu 20-yil davomidagi o‘rtacha ko‘rsatk…
10:09 / 30.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Moskvaga tashrifi yakunida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi.
09:43 / 30.05.2025
Like cup loyihasi to‘xtatildi

Like cup loyihasi to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol maydonida havaskor o‘yinchilar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokama…
17:13 / 30.05.2025
1-iyuldan o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga mebelsozlik bilan shug‘ullanish huquqi beriladi

1-iyuldan o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga mebelsozlik bilan shug‘ullanish huquqi beriladi

“Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g…
11:18 / 29.05.2025
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi
14:00 / 30.05.2025
Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
20:21 / 29.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!