$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

AQShda universitet va kollejlarning darajasi bir xilmi?

09:50 / 26.02.2020

Ta’lim olish jarayonidagi ko‘pchilik yoshlar uchun oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish eng muhim bosqich hisoblanadi. Amerikada bu borada ikkita variantga duch kelasiz: universitet yoki kollej. Ular bir-biridan qanday farq qilishi va biri ikkinchidan obro‘liroq yoki yo‘qligiga aniqlik kiritamiz.

“University” so‘zining “college” so‘ziga qaraganda yoshi kattaroq bo‘lsa-da, ikkinchisi mashhurroq va Amerika jamiyatiga birinchisidan ko‘ra yaxshiroq o‘rnashgan. Uni ko‘pincha OTM so‘ziga sinonim sifatida ishlatishadi, garchi nazariy jihatdan kollejlar magistr emas, faqat kichik mutaxassis va bakalavr darajasini olishga imkon bersa-da. Tarixan kollejlarda magistratura bo‘lmagan, bu ta’lim muassasalari universitetlarga nisbatan kichikroq bo‘lgan.

Universitetlarda magistr yoki doktor darajasini olish mumkin edi. Bundan tashqari, universitetlar o‘z tarkibiga bir necha kollej va maktablarni qamrab ololgan. Bunday xususiyatga hozir ham duch kelish mumkin, masalan, Garvardda Dizayn maktabi bor, Michigan universiteti fakultetlari orasida esa Muhandislik kolleji mavjud.

AQShda “universitetga kirishni rejalashtiryapman” yoki “universitetda o‘qiyman” jumlasini kam eshitasiz. Talaba hatto Stenford yoki Yel universitetida ta’lim olayotgan bo‘lsa-da, kollejga borishini aytadi, hatto bu OTMlarni maktab (school)  deb ataydi.
Gap shundaki, tarixan universitet va kollejlar farqlangan bo‘lsa-da, AQShda ular bir xil bo‘lib qolgan, ba’zi kollejlarning fakultetlari universitetlarnikidan ko‘proq, ularning aksariyatida magistr yoki doktor darajasini olishga imkon berishi mumkin. Universitet xususiyatiga ega OTMlar esa kollej deb atalashi mumkin. Masalan, Boston kolleji yoki Vilgelm va Mariya Kolleji o‘z nomiga qaramasdan universitet hisoblanadi.

Umuman olganda, Amerika universitetlari kollejlaridan obro‘liroq yoki aksincha deyish qiyin, chunki OTMlarning reytingdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qancha omillar bor. Bundan tashqari, turli shtatlarda turli talablar qo‘yiladi. Masalan, Nyu-Jersida kamida uchta aspirantura dasturi mavjud bo‘lgan OTM universitet deb ataladi.

Shunday ekan, ta’lim muassasasini tanlashda uning milliy reytingdagi o‘rniga qarash hamda u yoki bu fakultet qanchalik kuchli hisoblanishini tahlil qilish lozim. O‘quv dargohi kollej deb ataladimi yoki universitetmi, AQShda katta ahamiyatga ega emas.


Bu ham qiziq

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!