$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Dunyodagi eng chiroyli 5 ta ovoz

20:29 / 28.11.2019

Hayotimizdagi ba’zi tovushlar tinchlanishga, shirin xayollar surishga, o‘tganlarni yod olishga, kelajak haqida tasavvur qilishga yordam beradi. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan tovushlar sizga, aynan, shunday kayfiyat ulashishiga ishonamiz

Yomg‘irning shitirlashi

Tomdagi yomg‘ir tovushi insonni tinchlantiradigan eng yaxshi tovushdir. Olimlarning ta’kidlashicha, bu ovoz olis o‘tmishdagi ajdodlarimizning bizga yo‘llayotgan “salom”i. Bunday deyilishiga sabab, yirtqichlar yomg‘irda ov qilishmaydi. Qadimda qabila bo‘lib yashagan odamlar esa yomg‘ir vaqtida biroz bo‘lsa-da, xavfdan holi bo‘lishgan.  

Shunga ko‘ra, yomg‘ir ovozi uxlashga yaxshi yordam beradi (ya’ni o‘tmishda xavfdan holi bo‘lgan odamlar, bemalol, uxlashgan). Shunday qilib, agar siz uxlashga qiynalayotgan bo‘lsangiz, ushbu kuy ostida mizg‘ib olishga harakat qiling:

Dengiz shovqini

Bu ovoz tabiiy tinchlantiruvchi hisoblanadi. Dengiz tovushidan asab kasalliklarini davolashda ishlatilishi ham bejiz emas. U, hatto, depressiyani davolay oladi. 

Oqayotgan suv

Agar dengiz ovozini yoqtirmasangiz, uni boshqa har qanday suv tovushi bilan almashtirishingiz mumkin. Oqayotgan suvning har qanday shovqini asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Aytgancha, shuning uchun ham dizaynerlar uyda yoki idorada dekorativ sharshara o‘rnatishni tavsiya qilishadi. Hozircha esa, o‘zingizni ushbu trek bilan xursand qilib turishingiz mumkin.

Mushukning xurullashi

Mushuklarning xurullagan ovozi 20-40Hz oralig‘ida yangraydi. Aynan, shu chastota ultratovushning ijobiy ta’siriga o‘xshash terapevtik xususiyatga ega. Hattoki, tibbiyotda bu ovoz stressga qarshi kurashishga yordam beruvchi felinoterapiya sifatida qo‘llaniladi. 
Agar mushugingiz bo‘lmasa, ushbu video sizga yordamga keladi. To‘liq bir soatli xurullashdan bahramand bo‘ling. 

Qor g‘ichirlashi

Qishni yaxshi ko‘rish uchun yana bitta yaxshi sabab bor – bu yangi yoqqan qordan yurganda chiqadigan tovush. Albatta, shaharda bunday toza, beg‘ubor qor topish oson emas. Shunday ekan o‘zingiz uchun vaqt topib tog‘ yonbag‘irlariga sayohat qiling.  

 


Bu ham qiziq

Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

“Sotsializm sari harakat” partiyasi yetakchisi bo‘lgan Luis Arse 2020-yilda Boliviya prezidenti etib saylangandi. Mamlakatda…
09:13 / 14.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Myanmada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zb…
15:50 / 13.12.2025
Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025
Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Biroq Vivekananda Yuvabharati Salt Lake Stadium arenasida futbolchining tijoriy safari doirasida o‘tkazilgan tadbir paytida …
13:58 / 14.12.2025
Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ChGTRK “Grozniy” telekanalida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir davomida hokimiyatda…
09:38 / 15.12.2025
Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailand Kambodja bilan chegaradagi to‘qnashuvlar sabab Trat provinsiyasida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda Reuters x…
16:46 / 14.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!