$
12915.90 UZS
11.39
162.44 UZS
0.45
14658.25 UZS
82.61
28° Kechasi 17°

Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqatish JKning 244-moddasi bilan malakalanadi

19:52 / 15.03.2020

Endi shu kunga qadar “diniy statya” hisoblangan Jinoyat kodeksining 244-moddasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqatishga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin.

SSV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilingan @koronavirusinfouz telegram kanali bu haqda quyidagilarni ma’lum qildi:

“Barcha OAV va blogerlarni axborot sohasida qonunchilikka jiddiy va to‘liq amal qilishlarini so‘raymiz, ya’ni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqatish "OAV to‘g‘risida" qonunining 6-moddasi, "Axborotlashtirish to‘g‘risida" qonunining 12 prim 1 moddasi va Jinoyat Kodeksini buzish hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka olib keladi”.

Shuningdek, xabarda Jinoyat Kodeksi, modda 244-1, 2-qism: 
"Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish — 

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

“Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeidan foydalanib;
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi", deyiladi kanalda.

Ma’lumot uchun, bugun, 15-mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir A.Aripov boshchiligida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qanday choralar ko‘rilayotgani haqida komissiya yig‘ilishi va OAV uchun press-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Jurnalist va blogerlarga yetarlicha axborot berildi, savollariga batafsil javob keltirildi.


Bu ham qiziq

Toshkentda oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

24-may kuni soat 18:40 da  Toshkent shahar Yunusobod tumani, Otchapar ko‘chasida joylashgan oshxonada, yong‘in sodir bo‘layo…
19:21 / 24.05.2025
Samarqandda MChJ 5,3 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalandi

Samarqandda MChJ 5,3 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
19:11 / 24.05.2025
Rasman. Xabi Alonso — “Real” bosh murabbiyi

Rasman. Xabi Alonso — “Real” bosh murabbiyi

Xabi Alonso rasman Madridning “Real Madrid” klubi bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda madridliklar matbuot xizmati ma’lu…
16:27 / 25.05.2025
La Liga. “Real”da g‘alaba, Modrich “Qirollik klubi” muxlislari bilan xayrlashdi

La Liga. “Real”da g‘alaba, Modrich “Qirollik klubi” muxlislari bilan xayrlashdi

Mazkur uchrashuv “Real”ning eng sovrindir futbolchisi Luka Modrich uchun “Santyago Bernabeu”dagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.
22:01 / 24.05.2025
Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.
20:10 / 25.05.2025
24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:08 / 23.05.2025
Imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati yangilandi

Imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati yangilandi

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘y…
17:22 / 25.05.2025
Andijondagi “dom”da yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi “dom”da yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in natijasida aholi yashash xonadonining taxminan 15 kv/metr maydonda uy ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
21:05 / 24.05.2025
Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi

Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi

Kit Kellog Kiyevga berilgan zarbalar aks etgan suratlarni e’lon qilib, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Biroq, u o‘z post…
22:07 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

25-may kuni soat 18:10 da Toshkent shahar Uchtepa tumani, “Vatan” MFY  26-dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi …
19:29 / 25.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!