25-may kuni soat 18:10 da Toshkent shahar Uchtepa tumani, “Vatan” MFY 26-dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:17 da yetib borib, yong‘in soat 18:35 da o‘chirilgan.
Aytilgan manzilda ko‘p qavatli uydagi xonadonlarining birida 20 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangani aniqlangan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!