$
12001.94 UZS
4.11
166.67 UZS
-0.64
13973.86 UZS
5.99
31° Kechasi 18°

Qarsildoq kartoshka qanday pishirilishini bilasizmi?

10:34 / 20.04.2020

Ovqat tayyorlashni bilmayman, degan insonning qo‘lidan ham hech bo‘lmaganda kartoshka qovurish kelsa kerak. Nafaqat bolajonlarning, balki kattalarning ham jonu dili bo‘lgan bu mahsulot deyarli barcha taomlarda turlicha ko‘rinish beradi. Xo‘sh, qovurilgan qarsildoq kartoshkalar-chi? Ularning ko‘rinishi hamda mazasi siz kutgandek chiqyaptimi? Agar javobingiz “yo‘q”  bo‘lsa,  unda quyidagi besh qoida aynan siz uchun. 

Aytgancha, ishni qancha kartoshka iste’mol qilishni inobatga olgan holda boshlaganingiz ma’qul. Oilangiz uchun “zaxira”ni biroz keyinroq tayyorlasangiz ham bo‘ladi. 

Birinchi qoida – qovurish uchun ajratilgan kartoshkalar tozalanadi. Tovaga ularni bo‘lib-bo‘lib soling. Tovada qancha kam kartoshka bo‘lsa, shuncha mazali bo‘ladi. Miqdorni to‘g‘ri olishning eng yaxshi yo‘li – kartoshka qovurilayotganda tovaning tag qismi ko‘rinib turishi kerak. 

Ikkinchi qoida – kartoshkaning kraxmali ko‘p miqdorda bo‘lsa, u yaxshilab yuviladi. Shundagina qovurilish jarayonida ular yopishib qolmaydi. Kartoshka yuvilgandan so‘ng biroz quritiladi. Agar uni quritmay tovaga soladigan bo‘lsangiz yog‘ sachrashi mumkin. Hamda yog‘da suvning hisobiga sovish kuzatiladi. 

Uchinchi qoida – moy yoki o‘simlik yog‘i kartoshka qovurilishidan oldin yaxshilab qizitilishi kerak. Qattiq qizitilgan yog‘ga kartoshkalar solinadi va bir necha daqiqa davomida aralashtirilmaydi. Birozdan so‘ng, kartoshkaning ustki qismi qizil tusga kira boshlaydi. Bu 3-4 daqiqada bo‘lishi mumkin. Darhol kartoshkani aralashtirishga kirishmang, bundan yog‘ning harorati tushadi. Sovigan yog‘da esa kartoshka qovurilmaydi, aksincha dimlanadi. 

Ishtahani ochuvchi qizg‘ish tus kartoshkani aralashtirish kerakligidan darak beradi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, kuchli olovni o‘rtacha darajaga tushirishingiz mumkin. Birozdan so‘ng kartoshkalarning pishganligini tekshirib ko‘rish kerak. 

To‘rtinchi qoida – tova ustini hech qanday qopqoq bilan yopa ko‘rmang. Qopqoq qovurilgan kartoshkani dimlanishiga olib keladi.

Beshinchi qoida – tuzni kartoshkalar pishganidan so‘ng yoki suzayotganda solgan afzal. Sababi tuz namlikni tortib oladi va kartoshka yuzasida paydo bo‘lgan qizil qobiq qattiqligini yo‘qotadi. Natijada kartoshka qovurilgan emas, dimlangan kartoshkaga aylanib qoladi. 

Marhamat, tayyor bo‘lgan kartoshkani ko‘katlar bilan tanovul qilishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!


Bu ham qiziq

Farg‘onada bank xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘onada bank xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

DXX xabariga ko‘ra, Farg‘onada bank xodimi pora olayotganida qo‘lga tushgan.
17:07 / 29.05.2026
Ebola virusi shiddat bilan tarqalmoqda

Ebola virusi shiddat bilan tarqalmoqda

Har kuni kasallikka chalinganlikda gumon qilinayotgan yangi holatlar haqida xabarlar kelmoqda, biroq yuzlab tahlil namunalar…
17:25 / 31.05.2026
Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan e’tiboran kafe, restoran va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor…
14:19 / 30.05.2026
Eron dengiz floti kemalarni dushman davlatlar bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi

Eron dengiz floti kemalarni dushman davlatlar bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) dengiz floti savdo kemalari va neft tankerlarini Hormuz bo‘g‘ozidagi “dushm…
17:56 / 01.06.2026
“Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti”

“Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti”

“Sahna asarlari bor, lekin kuchli ta’siri yo‘q. Qo‘shiqda ovoz bor, lekin xalqning o‘tkir nafasi sezilmayapti. Kinoda haraka…
14:11 / 01.06.2026
9 ta viloyat sel-suv toshqinidan ogohlantirildi

9 ta viloyat sel-suv toshqinidan ogohlantirildi

Joriy yilning 2-5-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-…
09:34 / 01.06.2026
2-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

2-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
17:24 / 01.06.2026
Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta yengilliklar e’lon qilindi

Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta yengilliklar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun yanada qulay muhit yara…
08:28 / 27.05.2026
29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:29 / 28.05.2026
Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Platforma xavfli mahsulotlar savdosini yetarlicha nazorat qilmagani uchun 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortildi.
13:57 / 30.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!