DXX xabariga ko‘ra, Farg‘onada bank xodimi pora olayotganida qo‘lga tushgan. Ma’lum qilinishicha, Respublikada faoliyat yurituvchi xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Farg‘ona bank xizmatlari markazi rahbari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, bankning bosh ofisidagi tanishlari orqali 2,5 mlrd so‘m kredit ajratib berish evaziga uning 5 foizini, ya’ni 125 mln so‘m talab qilgan. DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!