Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan yangi choralar taqdim etildi.
Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan kichik biznes uchun soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha oshirilishi kutilmoqda.
Bu esa tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish, ortiqcha soliq bosimini kamaytirish va biznesni qonuniy ravishda rivojlantirish imkonini beradi.
Shuningdek, yangi tartiblar doirasida:
• umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun 6 foizlik soddalashtirilgan QQS tizimi joriy etiladi;
• past xavfli tadbirkorlar uchun QQSni qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi;
• QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti bekor qilinadi;
• soliq auditi va sayyor tekshiruvlarga cheklovlar kiritiladi;
• bank hisobvaraqlari ochish va ayrim xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi.
Mazkur yengilliklar 600 mingdan ortiq kichik biznes sub’yektiga faoliyatini ochiq va erkin rivojlantirish imkonini yaratishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!