$
12257.13 UZS
-92.74
146.69 UZS
-1.46
14434.00 UZS
-90.68
31° Kechasi 18°

Jozibador tovuslar haqida qiziqarli faktlar

10:12 / 22.08.2019

Tovus - sayyoramizdagi eng ajoyib va betakror koʻrinishga ega boʻlgan qushlardan biridir. U qirgʻiylar oilasiga tegishli boʻlib, oddiy tovuqlarning qarindoshi hisoblanadi. 

Tovuslarning oʻrtacha vazni 5 kg gacha yetishi mumkin. Tana uzunligi esa 1 metr yoki undan ko‘proq boʻladi. Betakror koʻrinishga ega tovus butun duyoda buyuklik timsoli deya eʼtirof etiladi. Ularni ilk yashagan joyi Janubiy Osiyo boʻlgan. Hozirgi vaqtda  mazkur qushlar Pokiston, Hindiston, Bangladesh va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan.

Tovuslar dumining haqiqiy uzunligi 50 sm boʻlib, oddiy koʻrinishga ega. Jozibador patlari esa dumining ustki qismida joylashgan. Betakror va yorqin patlarga faqatgina erkak tovuslargina ega. Urgʻochi tovuslar esa oddiy, hech qanday bejirim koʻrinishga ega emas.  Ularning yagona farqi ham shunda.  

Shuningdek, ushbu jozibador qushlar qisqa masofaga bo‘lsada uchish qobiliyatiga ega. Ammo gap shundaki, ogʻir va noqulay patlari tufayli tovuslar uzoqqa ucha olmaydilar. Ular faqat juda zarur holatlardagina uchishi mumkin. Masalan, oldida qandaydir xavfni sezgan taqdirdagina uchishga shaylanadi.  

Hindularda tovuslar muqaddas qush hisoblanadi va u milliy qush “maqom”iga ham ega. Shuningdek, tovus obrazi abadiy quvonch, baxt va poklikni tasvirlaydigan koʻplab maqollar va hikoyalarda aks etadi. 

Qushlar taxminan 20 yilgacha umr koʻrishadi. Erkak tovuslarning jozibadorligi faqatgina 5–6 yilgacha davom etadi. 1 yarim yoshga toʻlganlaridan keyin urgʻochi tovuslar singari oddiy koʻrinishga ega boʻlishadi. Dumining uzunligi esa 1,5–2 metrgacha yetadi. Hattoki bu davrda tanasining uzunligi ham 2, 3 barobarga oshadi. 

Tabiatda bor-yoʻgʻi 3 xil koʻrinishdagi tovuslar mavjud. Lekin bu qushlarning kichik turlari juda koʻp. Sayyoramizning Janubiy yarimsharida joylashgan yulduz turkumlaridan biri ham “Tovus” deb ataladi. 

Tovuslarning patli dumlari ularning yagona himoyachisidir. Oʻz dushmanlarini haybatli patlari yordamida qoʻrqitadi. Patlardagi minglab “koʻzlar” har qanday yirtqich hayvonni qoʻrquvga soladi.

Bundan tashqari, qushlarning patli dumlari o‘zaro suhbat qilish uchun xizmat qiladi.  Ular oddiy insonlar eshita olmaydigan ultratovushli toʻlqinlarni tarqatadi. Ularning chastotasi 20 Gs dan kamroq. Bu toʻlqinni kamdan-kam hollardagina anglash mumkin. 

Tovus tasviri Moskva viloyatida joylashgan Serpuxov shahrining gerbida munosib oʻrin egalladi. Gerbdagi surat uzoq yillar avval, 1720-yilda paydo boʻlgan. Yillar davomida gerbning koʻrinishi oʻzgardi ammo, tovus aks ettirilgan surat oʻz joyida qoldi. 

Tovus goʻshtidan tayyorlangan taomlar butun dunyo restornlarida  tansiq taom hisoblandi. Ivan Grozniy birinchilardan boʻlib, ushbu qushning goʻshtini tatib koʻrgan. Tibetda esa tovus goʻshti ming dardga davo hisoblanib, uni ko‘plab kasalliklarda ist’emol qilish tavsiya etiladi va uning odam immun tizimini yaxshilashini ta’kidlaydilar. Aytgancha, tovus tuximiga ham talab katta. U nafaqat mazali, balki toʻyimli va foydali ham hisoblanadi. Ayniqsa, homilador ayollar uchun juda foydali deb topilgan. 

Qadimda g‘arbliklar tovusni abadiylik timsoli, deb bilishgan. Sharq mamlakatlari esa, tovusni gʻurur va kuch, deb hisoblashgan.  

Oʻtgan asrlarda ayollarning qoʻlida tovus patlarining boʻlishi, ularni baland tabaqali inson ekanligidan dalolat bergan va oʻsha davr ritsarlari tovus patli dubulgʻalarni kiyib yurishgan. 

Tovuslar oilasida albinos qushlarni koʻplab uchratish mumkin. Aslida oppoq qushlar juda ham chiroyli va jozibador koʻrinishga ega. 

Ammo tovusning ovozi juda yoqimsiz va balanddir. Shuningdek, ular turi xil tovushlarni chiqarshi ham mumkin. Misol uchun, ayniqsa, bahor faslida erkak tovuslar erta tongda quyosh koʻtarilganda qichqira boshlaydi. 

Tovuslar ilon ovchilari hisoblanadi. Janubiy mamlakatlarda odamlar kobrani ovlash uchun ham ushbu qushlarni boqishadi.

Shu bilan birga tovuslar boʻron yoki zilzila kabi tabiiy ofatlar yuz berishi mumkinligini oldindan sezishadi. Ob-havo yomonlashishi bilan qushlar bezovtalanishni boshlaydi. 

Baʻzi mamlakatlarda odamlar tovus patlaridan yasalgan taqinchoqlar va turli bezaklarni uyda saqlash baxtsizlik belgisiga ishora, deb bilishadi. 

Koʻpincha, tovuslarning muhabbat oʻyinlari yomgʻirli mavsumda qizgʻin tus oladi. Qadimdan bu qushlar yerga yomgʻir yogʻdiradi deb hisoblangan.  


Bu ham qiziq

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 8 oy davomida 628,7 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 8 oy davomida 628,7 trln so‘mni tashkil etdi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar - avgust oylarida ko‘rsati…
10:48 / 23.09.2025
Surxondaryoda hokim yordamchisi va uning sheriklariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda hokim yordamchisi va uning sheriklariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatl…
17:07 / 23.09.2025
O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta elektrobus jo‘natildi

O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta elektrobus jo‘natildi

100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgosdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘lga chiqarildi. Barcha elektrobus…
16:37 / 23.09.2025
Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni noqonuniy saqlagan shaxs aniqlandi

Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni noqonuniy saqlagan shaxs aniqlandi

Natijada hayvonot dunyosiga 620 million 884 ming so‘m zarar yetkazilgan.
17:43 / 23.09.2025
AQShda To‘qayev va Zelenskiy uchrashdi

AQShda To‘qayev va Zelenskiy uchrashdi

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
11:59 / 23.09.2025
Abituriyentlar uchun OTMlarga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi

Abituriyentlar uchun OTMlarga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi

Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rin…
15:41 / 22.09.2025
Makron BMT Bosh Assambleyasida Fransiya Falastinni tan olganini e’lon qildi

Makron BMT Bosh Assambleyasida Fransiya Falastinni tan olganini e’lon qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya XAMAS tomonidan ushlab turilgan barcha asirlar ozod qilinib, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘r…
08:57 / 23.09.2025
Netanyaxu AQSh ko‘magida Falastinni tan olgan davlatlarga javob qaytarishga va’da berdi

Netanyaxu AQSh ko‘magida Falastinni tan olgan davlatlarga javob qaytarishga va’da berdi

Falastin davlatini tuzish chaqiriqlari — bu terrorizmni mukofotlash va bizning mavjudligimizga tahdiddir.
10:00 / 22.09.2025
“Shuhrat” medali bilan taqdirlangan o‘qituvchi paxta dalasiga ixtiyoriy chiqqan

“Shuhrat” medali bilan taqdirlangan o‘qituvchi paxta dalasiga ixtiyoriy chiqqan

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya shu masalada o‘rganish olib bordi.
10:03 / 22.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!