Quddusda yakshanba kuni o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, AQShning qo‘llab-quvvatlashi bilan, Falastinni tan olayotgan davlatlarga qarshi javob choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.
“Falastin davlatini tuzish chaqiriqlari — bu terrorizmni mukofotlash va bizning mavjudligimizga tahdiddir. Bizga qarshi qaratilgan tuhmat va targ‘ibotga qarshi BMT hamda boshqa xalqaro maydonlarda kurashamiz”, – degan Isroil Bosh vaziri.
Netanyaxu AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin Isroilning aniq pozitsiyasini e’lon qilishini bildirgan. Uning aytishicha, agar AQShning to‘liq diplomatik qo‘llab-quvvatlovi bo‘lsa, Isroil har qanday qarorni amalga oshirishga tayyor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!