Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevning AQSh tomonidan Moskvaga qarshi joriy qilinishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalarga bo‘lgan umidlari asta-sekin so‘nmoqda va Zelenskiy ana shunday mavhum vaziyatda BMT Bosh Assambleyasiga yo‘l olmoqda.
“Men Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishiga shubha qilaman. Shunga qaramay, Zelenskiy ehtimol Tramp bilan uchrashuvda undan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni so‘raydi. Menimcha, Ukraina o‘z qurolli kuchlarini mustahkamlashga e’tibor qaratgani ma’qul”, — dedi ukrainalik rasmiy.
Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk hozirgi strategiyani “Rossiyani neytrallashtirish” deb ta’riflaydi va bu asosan Kiyevning o‘z kuchlariga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
Ukraina nafaqat sanksiyalar borasida muammolarga va AQSh yordamining qisqarishiga duch kelmoqda, balki yevropalik ba’zi ittifoqchilarining ko‘magini ham yo‘qotishi mumkin.
AQSh bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvi hamda Amerika qurol-aslahalarini Yevropa tomonidan sotib olinib, Ukrainaga topshirilishini nazarda tutuvchi yangi xarid mexanizmi Ukraina armiyasining qarshilik ko‘rsatishda davom etishi uchun muhim omillar biri bo‘lishi mumkin.
“Kiyev, shuningdek, Rossiyaning Qrim yarimorolini bosib olishi bilan bog‘liq sammitni o‘tkazish rejasini ilgari surmoqda. Bu esa, ehtimol, Qrimning Rossiya hududi sifatida tan olinishini nazarda tutuvchi har qanday tinchlik kelishuvini muhokama qilishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan”, – deya yozmoqda Reuters.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!