Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Volodimir Zelenskiy Ukraina hududidagi vaziyat yuzasidan o‘z qarashlarini bayon qildi”, – deyiladi xabarda.
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev esa mavjud murakkab sharoitda urushni to‘xtatish yo‘llarini izlash maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlagan.
Zelenskiy uchrashuv yakunida Qozog‘istonga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!