Ayrimlar har bir taomni achchiq qalampir bilan iste'mol qilsa, ayrimlar qalampirli taomdan uzoqda yuradi. Aslida qalampirdagi faol moddalar barchaga bir xilda ta'sir qiladi. Xo‘sh, unda nima uchun hamma achchiq qalampirga har xil munosabatda bo‘ladi?
Miyadagi fikr
Achchiq qalampir achchiq taomlardan uzoqroq yuradiganlarga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Bu ong bilan bog‘liq bo‘lib, achchiq taomni yoqtirmaydiganlar uchun qalampirning ta'siri bir necha barobar oshib ketadi. Parhezshunoslarning aytishlaricha, achchiq taom me'yorida faoliyat yuritadigan ovqat hazm qilish tizimi uchun aslo zararli emas.
Kapsaitsin va retseptorlar
Kapsaitsin — qalampirga achchiq ta'm beruvchi modda. Aynan u retseptorlarga ta'sir ko‘rsatib, nafas olishimizni qiyinlashtirib yuboradi. Bu xavflidek tuyulishi mumkin, lekin u xuddi yalpizli saqich chaynagan holatdagidek ta'sir ko‘rsatadi, faqat sovuqning o‘rniga issiqni his qilasiz.
Tarki odat
Achchiq taomlarni xush ko‘ruvchilar tug‘ilganidanoq emas, yillar davomida achchiqni yoqtirib qoluvchilarga aylanishganini ta'kidlashadi. Achchiq taomlarga o‘rganib qolish qalampirning ta'siriga ko‘nikish hisobiga paydo bo‘ladi. Hindiston va Meksikada bolalikdan boshlab achchiq taomlar iste'mol qilishgani bois ular qalampirning achchig‘iga chidamli bo‘lib yetishadilar.
Yuqori harorat
Achchiq qalampir tabiiy termogenik hisoblanadi — u tana haroratini ko‘taradi. Shuning uchun achchiq taomlarni xush ko‘ruvchilar issiq iqlimda istiqomat qiluvchi kishilardir — tashqi va ichki muhit shu holatda bir-biriga mos keladi. Bundan tashqari, achchiq qalampir kayfiyatni ko‘taruvchi endorfin moddasi ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!