$
12412.98 UZS
58.33
154.28 UZS
0.35
14386.64 UZS
2.12
37° Kechasi 22°

Pul “sindira” olmagan mashhurlar

15:25 / 05.02.2015

Pul hayotda ko‘p narsani hal etadi, degan aqiyda mutlaqo noto‘g‘ri. Buni boy insonlar taqdirida ham ko‘rishimiz mumkin. Ular millionlab dollar ishlab topishadi, biroq ma'lum bir sabablarga ko‘ra keragidan ortiq pullaridan mosuvo bo‘lishadi. Axir odamlar orasida “pul qo‘lning kiri”, degan ibora bekorga tarqalmaganku.

Ammo kamchilik insonlar bunday paytlari o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Ular matonat bilan barchasini yana qaytadan boshlashga tayyor bo‘lishadi. Biz sizga hikoya qilmoqchi bo‘lgan insonlarni butun dunyo taniydi. Ular birgina filmga tushishlari yoki konsert uyushtirishlari, shou tashkil etishlari bilan millionlar ishlab topishadi. Biroq hayot bir tekis davom etmaydi. Xuddi shunday ularning hayotida ham ko‘plab yo‘qotishlar bo‘ladi. Gap pullar haqida ketayapti...

Kim Beysinger. Avvaliga modlerlik qilgan, so‘ng o‘z omadini filmlarda sinab ko‘rgan dunyoga mashhur aktrisa, ilk bor moddiy muammoga 5,4 mln. dollar miqdordagi summa bilan uchragan. “Main Line Pictures” kinokompaniyasi o‘zi suratga olayotgan filmlardan birining bosh rolini Kimga beradi. Ammo u shartnomada ko‘rsatilingan shartlarni to‘liq bajarmaydi. Shundan so‘ng kinokompaniya uni sudga berishga majbur bo‘ladi. Ular aktrisadan 8,1 million dollar miqdorida pul undirib olishadi. 

Ana shu ishlardan so‘ng, Kim o‘ta ehtiyotkor bo‘lib qoladi. U mablag‘larini to‘g‘ri boshqarishni o‘rganib oladi. Shu bois hozirda uning hisobida 35 mln. dollar mablag‘ bor.

Dennis Rodman. Alimentlar ko‘pchilik ajrashgan erkaklar uchun dahshatning o‘zginasi. Agar ular biror-bir mashhur shaxs tomonidan to‘lanmasa, ana mash-masha-yu, manam mash-masha. Reklama roligi shartnomasi ortidan 27 mln. dollar pul ishlab topgan Dennis Rodman aynan shu masala yuzasidan sudga tushib qoldi va 51 minglik qo‘shimchasi bilan 809 ming dollar jarima to‘ladi.

“MC Hammer”. Qo‘log‘ingizga “MC Hammer” tomonidan beg‘ubor ijro etilgan “u can't touch this” qo‘shig‘i eshitilsa, shuni bilingki uning hayoti qo‘shig‘i singari beg‘ubor kechgan emas. U mashhurlik cho‘qqisida ekanligida pullarini havoga sovura boshladi, oxirini o‘ylamay katta-katta moddiy qarorlar qabul qildi. Shu bois u bugunga kelib, to‘planib qolgan 800 ming dollarlik qarzini to‘lamoqda. Ammo u bundan aslo tushkunlikka tushgani yo‘q, aksincha iqtisodiy faol hayot kechirmoqda.

Frensis Ford Koppola. O‘ziga ajratilgan mablag‘dan 7 baravar kam mablag‘ yiqqan “Chin yurakdan” myuzikli tufayli, rejissyor 98 mln. dollarlik qarz bilan o‘zini bankrot, deb e'lon qilishga majbur bo‘ldi. Kopollaning qancha puli borligi ma'lum emas, ammo shaxsiy vinozavodi, bir necha butik oteleysi va albatta, kino orqali uning ishlari yurishib turibdi.

Larri King. Amerikaning eng mashhur teleboshlovchilaridan biri o‘zining tok-shousiga erishishdan oldin uning 350 ming dollar miqdorida qarzi bor edi. O‘z sherigi tomonidan ish bo‘yicha o‘g‘rilikda ayblangan jurnalist uchun bu raqamlar katta pulni anglatardi. U bir necha yil davomida ish qidirib yurdi. Ammo hech kim uni ishga qabul qilmadi. 1978 yilda deyarli bankrotlikka uchrab bo‘lgan Larri CNN telekanaliga ishga joylashadi. Ana shundan so‘ng ko‘p o‘tmay moliyaviy oyoqqa turib oladi.

Nikolas Keyj. Ko‘p pul sovuradigan yulduzlar uchun soliqlar, xuddi alementlar singari katta muammo sanaladi. Masalan, mashhur kino yulduzi Nikolas Keyj soliqdan 6,5 million dollarlik qarzini to‘lay olmaganligi uchun bir necha ko‘chmas mulkini, jumladan, uylarini sotishga majbur bo‘ldi. Ayni o‘sha paytlarda u bir qator kinoloyihalarda ham ishtirok etayotgandi. Shu bois nafaqat soliqdan balki o‘z sohasida mas'uliyat tomonidan ham qarzdor edi. Uning amakisi Frenses Ford Koppola o‘z jiyani bilan faxrlanadi, qarzdorligining sababini esa uning o‘ta aqlsizligida, deb biladi.

Mayk Tayson. 20 yillik karerasi davomida ishlab topgan 400 mln. dollarlik mablag‘i, 2003 yilda boshiga tushgan 23 mln. dollarlik qarzini qoplashga yordam bera olmadi. Uning ajrashuv jarayoni ham oz emas ko‘p emas, 9 mln. dollar mablag‘ ketdi. Ammo u bularning barini o‘ziga yarasha temir iroda bilan yenga oldi.

Maykl Jyekson. Yuqoridagi misollar shuni ko‘rsatdiki, mashhurlarning aksariyati ruhan kuchli insonlar bo‘larkan. Ular vaqti kelib, moddiy qiyinchilikka uchrab qolishadi, ammo hech qachon buni birovga bildirishmaydi. O‘z yo‘llarida davom etaverishadi. Xuddi shu holat, nazarimizda, 2009 yilda bir necha million qarzi bilan yorug‘ dunyoni tark etgan pop-musiqa qiroli Maykl Jyekson bilan ham sodir bo‘lishi kerakdek tuyuladi. Chunki u o‘limidan oldingi oxirgi oylarni o‘zining mavqeni saqlab qolish va qarzlarini uzish uchun tashkillashtirilgan dasturlarga tayyorgarlik bilan o‘tkazdi.

Haqiqatni olib qaraydigan bo‘lsak, pul inson mavqeni belgilab bermaydi. Irodasi mustahkam, o‘zini hurmat qila biladigan har qanday shaxs pul bilan bog‘liq muammolarni yengga oladi. U xoh mashhur bo‘lsin, xoh oddiy inson.


Bu ham qiziq

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

U fuqarolardan 41 ming AQSh dollari olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
17:06 / 26.08.2025
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalarining faoliyati tugatildi

Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalarining faoliyati tugatildi

Bu haqda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilingan
21:43 / 27.08.2025
Toshkent viloyatida 3 ta hibsxona faoliyati tugatildi

Toshkent viloyatida 3 ta hibsxona faoliyati tugatildi

Toshkent viloyatining Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi. Bu…
11:38 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
20:22 / 27.08.2025
Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

“Qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davl…
17:12 / 27.08.2025
Surxondaryoda daraxt qo‘porgan fuqaroga 20 mln so‘m jarima qo‘llanildi

Surxondaryoda daraxt qo‘porgan fuqaroga 20 mln so‘m jarima qo‘llanildi

Shuningdek, fuqaroning ushbu ehtiyotsizligi oqibatida o‘simlik dunyosiga 9 mln  888 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblan…
22:23 / 26.08.2025
Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar oshirildi

Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar oshirildi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
17:46 / 27.08.2025
Tarixda ilk bor! Muso al-Xorazmiyning asari jamoatchilikka ochiq holda namoyish etiladi

Tarixda ilk bor! Muso al-Xorazmiyning asari jamoatchilikka ochiq holda namoyish etiladi

“Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” nusxasi shu paytgacha Oksford universitetining kutubxonasida saqlanib ke…
16:14 / 26.08.2025
Turkiyada erkakni pichoqlagan 13 yoshli bola O‘zbekiston fuqarosi emas – Bosh konsulxona

Turkiyada erkakni pichoqlagan 13 yoshli bola O‘zbekiston fuqarosi emas – Bosh konsulxona

2025-yil 26-avgust kuni internet tarmog‘ida va ayrim messenjerlarda tarqalgan “13 yoshar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam …
15:04 / 27.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!