$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Frank Riberi “Oltin to‘p” haqida: “Murakkab savol. Lekin bu yil sovrinni qo‘lga kiritishga Dembele haqli”

22:08 / 27.08.2025

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Jahon futboli afsonalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishdi.

Savol: Zamonaviy futbolda himoya chizig‘i qanchalik kuchaygan. Siz o‘ynagan va jahon chempioni bo‘lgan davrdagi Italiya terma jamoasi kuchlimi yoki ayni paytda faoliyat yuritayotganimi?

Fabio Kannavaro: “Mening fikrimcha 2006-yilda jahon chempioni bo‘lgan terma jamoamiz kuchliroq edi. Boisi hamma chiziqda eng mahoratli, betakror o‘yinchilar jamlanishgandi. Bejizga chempion bo‘lmaganmiz.

Zamonaviy futbolda himoya qanchalik kuchaygan degan savol ancha keng qamrovli. Hozirgi futbolda himoyachi faqat to‘pni olib yurgan raqibga qarshi o‘ynamasdan, butun maydonni va unda bo‘ladigan voqealar rivojini oldinda ko‘ra bilishi kerak. Boshqacha aytganda butun maydonni nazorat etib turishi lozim. Ayni paytda himoyachining vakolat doirasi kengaygan”

Savol: O‘zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov bilan “Anji”da birga o‘ynagansiz. O‘sha davrlardan qanday umumiy xotiralar qolgan?

Roberto Karlos: “Iliq xotiralarni yodga tushirgan savolingiz uchun katta rahmat. Odil Ahmedov jamoamizga kelgan paytdayoq uning salohiyatiga amin bo‘lganman. Maydonni ko‘ra bilishi, o‘yinni o‘qishi, tashkil etish qobiliyati va aniq to‘p uzatishlari bilan yuqori darajadagi futbolchi ekanligini isbotlagan. Odil bilan birga to‘p tepish men uchun sharaf bo‘lgan. Odil bilan yaxshi do‘st, o‘rtoq bo‘lib qolganmiz. Kecha futzal uchrashuvini birgalikda o‘tirib, tomosha qildik. U bilan yana diydorlashganimdan xursandman.

Superkubokka taklif bois O‘zbekistonga keldim. Mamlakatingiz futbolining juda tez, jadal o‘sayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Barchangizni Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Bizni Toshkentga, ajoyib tadbirga taklif etganliklari uchun O‘FF rahbariyatiga minnatdorligimni bildiraman.

Savol: “Xabi Alonso boshchiligida “Real” qanchalik yuksak natijalarni qayd eta oladi?

Roberto Karlos: - Men “Real”ning faxriy elchisiman. Ko‘p ma’lumot bera olmayman. “Real” katta klub. Hamisha yuksak marralarni ko‘zlab, ulkan maqsad sari harakat qiladi. Bu jamoaga har bir mutaxassis har tomonlama tayyor bo‘lib keladi. Xabi Alonsoda ham katta ishtiyoq bor. Biz uni qo‘llab quvvatlaymiz. Unga ishonamiz.

Savol: “O‘zbekistonga tashrifingizdan mamnunmisiz? Bizning mamlakat haqidagi taassurotlaringiz? O‘zbekistondan keyin yana qaysi mamlakatlarga bormoqchisiz?”

Klod Makelele: “UEFA tarkibida 10 yildan ziyod faoliyat yuritib kelyapman. O‘zbekistonga meni taklif etishgani uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Bunday tadbirlar yosh avlodning barkamol voyaga yetishi, sog‘lom avlod tarbiyasi uchun juda muhim. Bizni juda iliq kutib olishgani uchun minnatdorman. Futbol targ‘ibotiga qo‘shayotganlarga hissasi uchun katta rahmat”

Savol: “O‘zbekistonga tashrifingizdan mamnunmisiz. Bizning mamlakat haqidagi taassurotlaringiz?”

Frank Riberi: “O‘zbekistonga tashrifimdan oldin menga Kevin aloqaga chiqdi. Taassurotlarim juda katta. Juda saviyali o‘yinning guvohi bo‘ldim. O‘zbekiston juda tez rivojlanib borayotgan mamlakat ekanligini ko‘rdik, amin bo‘ldik. Jahon chempionatiga yo‘llanma olganliklaringiz bilan tabriklayman. O‘zbekiston yoshlarida katta ishtiyoqni ko‘ryapman. Sizlarning imkoniyatlaringiz katta, bunga shubha yo‘q”

Savol: “Oltin to‘p” egasini aniqlash tamoyillari haqida fikringiz? Bu yilgi mavsumda kim unga ko‘proq loyiq deb o‘ylaysiz?”

Frank Riberi: “Bu ancha murakkab savol bo‘ldi. “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritilgan mukofotlar, erishilgan yutuqlardan tashqari, sifatli o‘yin ko‘rsatganligini ham inobatga olib berishsa yomon bo‘lmasdi. Bu yilgi mavsumda “Oltin to‘p”ni olishga Usmon Dembele ko‘proq haqli deb o‘ylayman”

 


Futbol


														
														“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

Tunda La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “El-klasiko” bahsi bo‘lib o‘tdi. “Barselona” o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qi…
09:27 / 26.10.2026

														
														Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

7-oktyabr kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Benin terma jamoasiga qarshi bah…
09:57 / 07.10.2026

														
														Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026

														
														O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Argentina bilan o‘tkazishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga L…
16:35 / 07.09.2026

														
														Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026

														
														Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026

														
														2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi.
12:07 / 21.07.2026

														
														Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Kongo DR darvoza…
10:28 / 21.07.2026

Bu ham qiziq

SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

Qölbola va tegişli standartlarga javob bermaydigan isitiş jihozlaridan foydalaniş — hayot uçun xavfli. Kuz-qiş mavsumida is …
16:25 / 29.10.2026
Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026
Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026
V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!