$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida barpo etilgan yangi aeroportni borib ko‘rdi

22:51 / 27.08.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida barpo etilgan yangi aeroportni borib ko‘rdi.

Mamlakatimiz taraqqiy etib, xalqaro nufuzi oshgani sari dunyo bilan aloqalar faollashib bormoqda. Shu bois transport infratuzilmasining barcha yo‘nalishlarini mutanosib rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.

Ana shunday strategik loyihalardan biri – “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizidagi biznes aviatsiyasi majmuasidir. Uning qurilishi 2017-yilda boshlangan edi. Pandemiya va undan keyingi qiyinchiliklardan o‘tib, nihoyat ulkan inshoot qurib bitkazildi.

Aeroportning umumiy maydoni 561 gektardan iborat. 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi va 3 ta harakatlanish yo‘li yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. 20 ta “havo kemasi”ga mo‘ljallangan perron barpo etildi. “Boeing 787”, “A 320” kabi samolyotlar, biznes-jetlar hamda vertolyotlar uchun angarlar qurildi. Bu ularning qishda iliq, yozda salqin saqlanishi va xavfsizligini ta’minlaydi.

Aeroportda VIP va CIP terminallar bunyod etilgan. Oliy martabali mehmonlar zalida rasmiy kutib olish, muzokaralar va brifing o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Soatiga 100 nafar yo‘lovchini qabul qilish quvvatiga ega CIP terminalida do‘kon va ovqatlanish joylari bo‘ladi.

Muhimi, aeroport ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Bu noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish va qo‘nish imkonini beradi.

Yangi aeroport qulay joylashuvi tufayli poytaxt va Yangi Toshkent shahri uchun muhim transport habiga aylanadi. Xalqaro tashriflar va ishbilarmonlik safarlarini amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi, xorijiy investorlar uchun sharoitlar yaxshilanadi. Natijada iqtisodiy aloqalar va xizmat ko‘rsatish sohasi yanada rivojlanib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Davlat rahbari shu yerda jamoat faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.

“Ko‘p yil tayyorgarlik qilib, mana shunday aeroport qurdik. Bu ham davlatchilikning yana bir zamini. Bu yerda yurtimizga keladigan mehmonlar va samolyotlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatiladi. Natijada Toshkent xalqaro aeroportiga yuklama yengillashadi. Xudo xohlasa, u aeroport uchun ham boshqa joyda ulkan majmua qurishni rejalashtirganmiz. Umuman, hamma hududlarimizda katta-katta loyihalarni boshlaganmiz. Ilohim, tinchligimizga ko‘z tegmasin, yangi inshootlar, farovonlik xalqimizga buyursin” – dedi Prezident.


O‘zbekiston


														
														Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.
17:53 / 06.12.2025

														
														Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tu…
17:38 / 06.12.2025

														
														Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 8–11-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
17:14 / 06.12.2025

														
														Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchisi – 1995-yilda tug‘ilgan shaxs jami 5 mln 622 ming Rossi…
16:27 / 06.12.2025

														
														Buxoroda portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexidagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexidagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Baxtsiz hodisa munosabati bilan prezident topshirig‘iga ko‘ra, Hukumat komissiyasi tuzildi.
15:59 / 06.12.2025

														
														7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechqu…
14:45 / 06.12.2025

														
														Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.
14:30 / 06.12.2025

														
														Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metropolitenida 16 ta bekatda kassalar yopilib, infokioskalar ishga tushiriladi.
14:13 / 06.12.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respubli…
13:05 / 06.12.2025

														
														Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 3 milliard 517 million so‘…
11:35 / 06.12.2025

Bu ham qiziq

Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metropolitenida 16 ta bekatda kassalar yopilib, infokioskalar ishga tushiriladi.
14:13 / 06.12.2025
Yana bir shaxmatchimiz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Yana bir shaxmatchimiz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Mukofot jamg‘armasi 50 ming funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli 10 nafar shaxmatch…
09:35 / 05.12.2025
Farg‘onada ikki korrupsion holat fosh etildi

Farg‘onada ikki korrupsion holat fosh etildi

Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi bosh inspektori  korrupsion xatti-harakatiga chek qo‘yildi.
09:25 / 06.12.2025
Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin quymasi savdosiga chek qo‘yildi

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin quymasi savdosiga chek qo‘yildi

Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan j…
16:50 / 04.12.2025
JCh-2026. O‘zbekiston “K” guruhidan o‘rin oldi

JCh-2026. O‘zbekiston “K” guruhidan o‘rin oldi

AQSh, Kanada hamda Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Vas…
08:31 / 06.12.2025
Nega Toshkentda yomg‘irdan keyin ham havo tozalanmadi?

Nega Toshkentda yomg‘irdan keyin ham havo tozalanmadi?

5-dekabr kuni ertalab poytaxtda PM2.5 konsentratsiyasi yana ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘ldi.
10:43 / 05.12.2025
Kanada Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Kanada Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Bu haqda “Middle East Monitor” xabar berdi.
17:29 / 06.12.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 8–11-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
17:14 / 06.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respubli…
13:05 / 06.12.2025
Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchisi – 1995-yilda tug‘ilgan shaxs jami 5 mln 622 ming Rossi…
16:27 / 06.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!