$
11937.89 UZS
-10.69
141.76 UZS
-2.53
13769.16 UZS
-24.28
31° Kechasi 18°

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

21:03 / 27.08.2025

JSST tahliliga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekadi. Qolaversa, 18 yosh va undan katta aholi orasida 2,5 milliard odam ortiqcha vaznga ega.

Bu esa ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omildir. Tanada ortiqcha yog‘ to‘planishi, ayniqsa, yurak faoliyati uchun juda zararli.

“Har bir hujayra uchun kislorod va ozuqa zarur. Shuning hisobidan organizmda qon aylanishi yaxshilanadi. Yurak me’yorida urib, tana bo‘ylab yetarli miqdorda qon haydaydi” - deydi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi maslahat poliklinikasi mudiri Oybek O‘rinov.

Bunday vaziyatda doimiy zo‘riqish yurak mushaklarini toliqtiradi. Oqibatda uning hajmi kattalashadi. Ko‘pincha “asosiy nasos” vazifasini o‘tovchi chap qorincha aziyat chekadi va uning gipertrofiyasi boshlanadi.

Odatda, qorincha kengayishi birdan noxush alomatlarga olib kelmasa-da, vaqt o‘tishi bilan u qonni samarali haydash qobiliyatini yo‘qotadi. Natijada yurak yetishmovchiligi xavfi ortadi.

Ushbu a’zo atrofida va ichida hosil bo‘lgan yog‘ o‘zidan miokard yallig‘lanishiga olib keluvchi moddalar ajratadi. Oqibatda aritmiya(yurakning qisqarish ritmining buzilishi) ehtimoli yuzaga keladi.

Shuningdek, yog‘ to‘qimalari qon tomirlarini toraytirish va organizmda natriy saqlash xususiyatiga ega moddalarni ishlab chiqaradi. Bu esa qon bosimini oshirib, gipertenziya rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Bundan tashqari, semirib ketgan odamlarda ko‘pincha xolesterin va triglitserid miqdori ko‘payib, arteriyalarning ichki devorlarida tiqinlar hosil qiladi, qon tomirlarini toraytiradi.

Qolaversa, semizlik natijasida yurakda kislorod yetishmasligi(ishemiya) yuzaga keladi. Bu holat infarkt, stenokardiya va boshqa jiddiy xastaliklarga olib kelishi mumkin.

Yana bir fakt shuki, semiz odamlarda insulinga nisbatan sezgirlik kamayadi. Mazkur holat qandli diabetning 2-turi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishini tezlashtiradi.

Shuni unutmaslik kerakki, tana vaznining, hatto, 5-10 foizga kamayishi ham yurak-qon tomir tizimidagi zo‘riqishni sezilarli darajada pasaytiradi va salomatlikni yaxshilaydi.

Chunki semizlik — faqat estetik muammo emas. U yurak va butun qon aylanish tizimi uchun jiddiy xavf manbaidir. Vaznni nazorat qilish, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik bunday xastaliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.


salomatlik


														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

														
														Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Hozirda bemorlardan olingan tahlillar va oziq-ovqat namunalari laboratoriyada tekshirilmoqda. Rasmiy xulosalar chiqqach, qo‘…
10:08 / 25.09.2025

														
														Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Bu borada mutaxassis fikri bilan tanishamiz
21:03 / 27.08.2025

														
														Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi
20:47 / 19.08.2025

														
														Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025

														
														Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Mazkur ishlarning tahlili haqida Virusologiya instituti direktori Erkin Musaboyev axborot berib o‘tdi
19:18 / 20.07.2025

														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

Bu ham qiziq

Putin bahsli Kuril orollaridan biriga tashrif buyurdi

Putin bahsli Kuril orollaridan biriga tashrif buyurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yaponiya ham hududiy da’vo qiladigan Kuril orollaridan biri — Iturupga tashrif buyurdi. Bu…
09:22 / 13.08.2026
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonda 2026-yilgi Mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim xodimlar ketma-ket to‘rt kun dam oladi.
10:02 / 12.08.2026
Tataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga olib kelindi

Tataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga olib kelindi

2026-yil 10-avgust kuni Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahrida joylashgan qator obyektlarga dronlar orq…
11:11 / 12.08.2026
Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi

Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi

Biriga 15 sutka qamoq, biriga jarima – Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi
16:52 / 12.08.2026
Tramp FIFA mojarolari fonida Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

Tramp FIFA mojarolari fonida Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoning lavozimidan iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi gaplarni…
10:06 / 11.08.2026
Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi

Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi

Yana 7 nafar rahbarga qattiq intizomiy jazo qo‘llash, 3 nafarining esa lavozimida qolish-qolmasligini ko‘rib chiqish belgila…
17:06 / 12.08.2026
Ukraina Boshqirdistondagi Wildberries logistika majmuasiga zarba berdi

Ukraina Boshqirdistondagi Wildberries logistika majmuasiga zarba berdi

13-avgustga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasiga hujum qildi.
15:10 / 13.08.2026
AQSh 175 ming nafar xorijlikning vizasini bekor qildi

AQSh 175 ming nafar xorijlikning vizasini bekor qildi

AQSh hukumati 175 ming nafar xorijlikning vizasini bekor qildi. Ushbu chora viza shartlarini buzgan, jinoyat sodir etgan, AQ…
11:44 / 11.08.2026
Kanadada bola xavfsizlik kamarini taqmagani uchun parvoz bekor qilindi

Kanadada bola xavfsizlik kamarini taqmagani uchun parvoz bekor qilindi

Kanadada yosh bola xavfsizlik kamarini taqishdan bosh tortgani sababli yo‘lovchi samolyotining parvozi bekor qilindi. Hodisa…
12:24 / 12.08.2026
12-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

12-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s …
17:15 / 11.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!