Olimlar hayvonot dunyosi, tabiatni o‘rganish bilan muttasil shug‘ullanishlari natijasida yangiliklar tobora ko‘payib bormoqda. Eng qizig‘i, ular haqidagi yangiliklarni hali ko‘pchilik bilmaydi, bexabar. Ushbu maqolada tabiatning ajralmas qismi, hayvonot olami haqida qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Ular bilan tanishib chiqsangiz, o‘zingiz bilmagan ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Barcha gepardlar bir xil

Gepardlar shu darajada o‘xshash bo‘lganligidan olimlar ularni bir-birining kloni (nusxasi) deb atashadi. Chiroyli mushuksimonlarning ko‘pchiligi muzlik davrida nobud bo‘lgan. Tirik qolganlaridan esa hozirgi gepardlar paydo bo‘lgan. Qon aralashishi sabab gepardlar ko‘payishga qiynaladi, bolalarining aksariyati bir yoshga yetmay nobud bo‘ladi.
Suvda yashovchi qush

Afrika yakanasi deb ataluvchi mazkur qush turi o‘z uyasini suvga quradi. Oyoqlari uzunligi sabab suv ustidagi o‘simliklar ustida bemalol harakatlana oladi.
Chumolixo‘rlar o‘z bolasini yelkasida olib yuradi

Chumolixo‘rlar bolasini hech tushirmay, orqasida olib yurar ekan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular bu ishni to keyingi homiladorlikkacha bajarishadi. Keyingi bola tug‘ilganida birinchisi mustaqil yurishni boshlaydi. Ona yelkasiga esa yangi tug‘ilgan “chaqaloq” ortiladi.
Uyasini spiral shaklida quradigan arilarni bilasizmi?

Bilasizmi, “Tetragonula carbonaria” arilari o‘z uyasini boshqa arilar kabi qurmas ekan. Ularning uyalari spiral shaklida boֲ‘ladi.
Parazit qushlar haqida eshitganmisiz?

“Sturnus vulgaris” deb ataluvchi bu qush turi (Buyvol skvores) zebra, begemot, jirafa, nosorog kabi hayvonlar ustidan tushmay hayot kechiradi. Ular hayvon terisiga, jarohatlariga tushgan burga va hasharotlarni yeydi. Ba’zida esa ular hayvon terisini tumshuqlari bilan shilib, jarohatlarni o‘zlari hosil qiladi. Shu sababli ular parazit qushlar sifatida qabul qilinadi.
Eng katta olmaxon

Hindistonning gigant olmaxoni o‘ziga xos rangi va hajmi bilan farqlanib turadi. Uning tana uzunligi 36 sm., dumi esa 61 sm.ni tashkil qiladi. Ular o‘z uyalarini daraxtlarga turli maqsadlarda qurishadi: dam olish, uxlash, ko‘payish uchun alohida.
It hid yordamida vaqtni aniqlay oladi

Itlar vaqtni egasining kun tartibini eslab qolish orqali aniqlay olishadi. Ular bu ishni hid bilish a’zolari yordamida amalga oshiradi. Ular uy egasining hidini va uning qachon yo‘qolishini kuzatib borishadi. Masalan, hayvon egasi ishga ketayotganida xona havosida uning hidi maksimal bo‘ladi. Ishga ketgach, havoda hid sekin-asta yo‘qolib boradi. Uyga qaytayotgan vaqtda esa, aksincha yana ortadi.
Tana haroratini nazorat qila oladigan baliq ham bo‘larkan-da!

Qizil patli opax balig‘i o‘z tana haroratini o‘zgartira oluvchi yagona jonzot hisoblanadi. Uning tana harorati tashqi muhit haroratidan 5 daraja baland bo‘ladi. Opax juda katta baliq bo‘lib, uzunligi 2 metr, og‘irligi 100 kg.gacha yetishi mumkin.
Tejamkor qush

Chumolixo‘r melanerpes o‘lik daraxtlar qobig‘idan zaxira makoni sifatida foydalanar ekan. U daraxt po‘stlog‘ida bir nechta teshikchalar ochib, o‘sha yerga topgan yeguliklarini berkitib chiqadi. Hatto bir dona qarag‘ay daraxti qobig‘ida u yashirib qo‘ygan 60 mingdan ortiq yeguliklari topilgan.
O‘txo‘rlarning ayrimlari rang ajrotolmaydi

O‘txo‘r hayvonlarning ayrimlari rang ajrata olmaydi. Ularning ko‘zi sabzirang va yashil rangni bir-biriga yaqin ko‘radi. Bu esa ularning yam-yashil o‘tlar orasida yashirinib yotgan yo‘lbarsni payqamay qolishiga sabab bo‘ladi.
Timsoh yeydigan qush

Odatda timsohlar qushlarni yeyishadi. Bu qush turi esa aksincha, timsohlarni paqqos tushiradi. Kitboshli laylak turi, shuningdek, ilon, baliq, toshbaqalarni ham tanovul qiladi.
Mushuklar dengiz suvini ichishi ham mumkin

Odamlar dengiz suvini icha olishmaydi. Ammo mushuklar bu suvni ichishlari mumkin. Ularning buyragi suvdagi tuzni filtrlash va tabiiy yo‘l bilan chiqarib tashlash xususiyatiga ega.
Yirtqichlarning ko‘zi oldinda joylashgan

Yirtqichlar o‘z o‘ljasini darrov payqashi uchun ularning ko‘zi boshning old qismida joylashgan bo‘ladi. O‘txo‘rlarda esa ko‘zlar yirtqich yaqinlashib kelayotganligini ko‘rish uchun boshning ikki yonida joylashgan.
Vidra deb ataluvchi hayvon o‘z jufti bilan bir umr yashaydi

Vidralar (Lutra) o‘zi tanlagan jufti bilan butun umr birga yashaydi.
Piyonista maymun

Shimpanze maymuni mast bo‘lish uchun palma daraxtining suvini ichadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!