Internetda rejissyor Jyeyms Vanning “Forsaj 7″ filmi treyleri paydo bo‘ldi.
Filmning avvalgi fasllarida asosiy rollardan birini ijro etgan aktyor Pol Uoker 2013 yilning 30 noyabrida avtohalokatga uchrab, vafot etgach, 2014 yilda suratga olish ishlari yakunlanishi kerak bo‘lgan “Forsaj 7″ premerasi 2015 yil 10 apreliga qoldirilgan edi. Pol Uoker halok bo‘lgach, kinoserialning bu qismini yangidan suratga olish haqida o‘ylab ko‘rilgan edi, lekin ishlar kelgan joyidan davom ettirishga kelishib olindi. Filmning qolgan sahnalarida marhum aktyor qahramoni – Brayan O`Konneri obrazini dublyor o‘ynaydi. Keyinchalik, kompyuter orqali dublyorning yuzi Pol Uoker qiyofasiga keltiriladi.
Ma'lumki, ushbu kinokartinaga jahonning eng mashhur yulduzlari Jyeyson Stetem, Vin Dizel, Kurt Rassel, Pol Uoker, Duyeyn Jonson, Lukas Bleyk, Mishel Rodriges, Elza Pataki, Jordana Bryuster va Ronda Rauzi kabilar jalb etilgan. “Universal” kinokompaniyasi avvaliga bu kinoserialni 10 ta qismgacha olib borishni rejalashtirgan edi. Lekin, endilikda, asosiy qahramon ijrochisi vafot etgani uchun loyihaning kelajagi noayonligicha qolmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!