$
12456.25 UZS
45.26
158.36 UZS
-0.02
14461.71 UZS
223.82
38° Kechasi 23°

«Snos» mojarosi yakuni: Toshkent hokimi va investor o‘rtasida «yopiq eshiklar ortida»gi muloqot natijasi qanday bo‘ldi?

12:42 / 30.04.2019

27 aprel kuni Toshkent shahri hokimiyati binosida shaxsiy qurilishlar sifatida rasmiylashtirilgan ko‘p qavatli uylar qurilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ochiq bahs bo‘lib o‘tgan, unda qurilishlari sud hukmisiz «snos»ga tushgani tufayli mahalliy hokimiyat faoliyatidan jabrlanuvchi sifatida investor Muhammadbobur Xo‘jayev va xususiy quruvchi Aziz Zokirov, shuningdek poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, uning o‘rinbosarlari, Artel va Akfa kompaniyalari xodimlari hamda jurnalistlar ishtirok etgandi.

Muloqot asosan shahar hokimi investorni ketma-ket savollar bilan o‘qqa tutishi tarzida kechgan, investor bu bahsga tayyor bo‘lmagani ko‘rinib qolgandi. Muloqot arafasida qurilishlari buzib tashlangani uchun hokimlikdan 1,35 million dollar atrofidagi tovon puli talab qilib turgan investor yakunda bu da'vosidan voz kechish holatiga kelgandi - Jahongir Ortiqxo‘jayev unga noqonuniy faoliyati bo‘yicha misollar keltirib o‘tgandi.

Bir yarim soatga yaqin davom etgan bahsdan so‘ng tomonlar yana alohida, yakkama-yakka muloqot o‘tkazishgan, biroq bu uchrashuv yakunlari bo‘yicha OAVga ma'lumot berilmagandi.

Biz mazkur masalada Muhammadbobur Xo‘jayevga yuzlandik va bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan undan navbatdagi fikrlarini so‘radik.

«O‘sha kuni Jahongir Obidovich bilan tet-a-tet (yuzma-yuz) shaklida suhbatlashganimdan so‘ng fikrlarim mutlaqo o‘zgardi. Yaxshi inson ekanlar, men noto‘g‘ri fikrda yurgan ekanman. O‘sha kuni menga o‘z xatolarimni ko‘rsatib, biznesimga aloqador tegishli maslahatlarini berdi. Ichida kibri yo‘q yaxshi inson ekanlar.

Ko‘chada juda ko‘p tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘lganman. Ham katta tadbirkor, ham shahar hokimi bo‘lib oddiy fuqaroga vaqt ajratganlari meni hayron qoldirdi», - deydi investor.

U keyingi oylar davomida turli nashrlarda masalani chuqur o‘rganmasdan bildirgan fikrlaridan afsusdaligi va buning uchun hammadan uzr so‘rashini aytib o‘tdi.

O‘sha kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev qurilish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni olib kelib, uning mulklarini tekshirtirish bo‘yicha taklif bergandi. Investordan mazkur taklifga qanday javob berishini so‘radik.

«Bu masaladan ko‘rqayotganim yo‘q. Ba'zi binolarda kamchiliklar bo‘lgan. Bu masalada mijozlar bilan qonunan kelishib oldik. Men Allohdan boshqasidan qo‘rqmayman. Kamera qarshisida o‘ynaydigan aktyor ham emasman. Xatolarimni to‘g‘rilayman. Hokim haqida tarqalgan ko‘p mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqmoqda. Bu shaxsiy fikrim. Mana yordam bermoqda. Boshqa insonlardan ham o‘z yordamini ayamasa kerak», - deydi u.

U agar qaysidur fuqaroning biror-bir muammosi bo‘lsa, hokimning qabuliga yozilib shaxsan suhbatlashishi kerakligini maslahat berdi va o‘zi ham bundan keyin qonun doirasida faoliyat yuritishini ta'kidladi. Shuningdek, barcha ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va uni qo‘llab-quvvatlab turgan insonlarga o‘z tashakkurini bildirib o‘tdi.

Zafarbek Solijonov suhbatlashdi


Bu ham qiziq

Klublar o‘rtasidagi JCh. Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” pley-offga yo‘l oldi

Klublar o‘rtasidagi JCh. Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” pley-offga yo‘l oldi

Ushbu bellashuvlardan keyin “A” guruhida “Inter Mayami” va “Palmeyras” bir xil 5 ochko to‘plagan holda keyingi bosqichga yo‘…
09:45 / 24.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
16:47 / 22.06.2025
Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari yana ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari yana ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yangi cheklovlar joriy etilganidan ogohlantirdi.
11:40 / 22.06.2025
Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Isroil Bosh vaziri xalqqa murojaatida Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Trampga Erondagi yadroviy obyektlarga berilgan zarbala…
10:07 / 22.06.2025
Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Shuningdek, xabarda yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida…
10:13 / 24.06.2025
Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
17:03 / 24.06.2025
23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
13:16 / 22.06.2025
Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida Isroil “ulkan tarixiy yutuqlarga” erishgan va mavjud bo‘lgan ikkita ekzi…
12:31 / 24.06.2025
UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

Endilikda Tom Aspinall to‘laqonli chempionga aylandi.
11:45 / 22.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!