$
12904.51 UZS
-33.42
161.99 UZS
0.89
14575.64 UZS
-89.5
32° Kechasi 21°

Energetik ichimliklar zararlimi?

17:36 / 30.04.2020

 Ko‘p odamlar, ayniqsa, yoshlar energetik ichimliklarni juda ham yoqtirishadi. Bu shirin suvni ichib olgandan so‘ng ancha vaqtgacha uxlamasdan o‘zimizni yaxshi his qilib yuramiz, deyishadi. Aslida esa, organizm o‘z aytganini qiladi. Shuning uchun bir qarashda uning samaradorligini e’tirof etish mumkin. Energetik ichimliklarni ishlab chiqaruvchilar bu mahsulot sog‘lom turmush tarzi uchun juda ham kerakligini qayta-qayta uqtirishga intilishadi. Lekin aslida shundaymikan? Sog‘liqqa ta’sir qilmasmikan? Keling, yaxshisi bu masalaga teran nigoh bilan qaraylik. Mashhur poygachilar bu ichimlikni iste’mol qilganida, boshqalarning ham xuddi shundayini sotib olgisi keladi. Bu borada reklama siyosati to‘g‘ri tanlangan. 

Dastlabki energetik ichimlik qachon paydo bo‘lgan?

Birinchi energetik, quvvatlantiruvchi ichimliklar qachon paydo bo‘lganini aytish juda qiyin. Qadimda, shamanlar davridan buyon bor, deyishadi uni. Qisqa qilib aytganda stimullovchi ichimlik va taomlar hamma davrlarda mavjud bo‘lgan. Agar kofeni hisobga olmaydigan bo‘lsak, inson insonga pullagan birinchi quvvatlantiruvchi ichimlikni Coca-Cola, deb hisoblash mumkin. 19-asr boshlarida dorixonalarda sotila boshlangan bu ichimlik dastlab ana shunday sifatlangan. 

Energetik ichimliklar tarkibi nimadan iborat?
Mohiyatiga ko‘ra quvvatlantiruvchi bo‘lganidan keyin unda odamni stimullaydigan va hislarini qo‘zg‘atadigan nimadir bo‘lishi kerak. Buning uchun, avvalo, kofein mas’ul bo‘ladi. Kichik idishlarga kofeindan tashqari tarkibida uglevodlar, taurin, guaran, niasin, pantoten kislotasi, piridoksin, foliy kislotasi, askorbin kislotasi bo‘lgan suyuqlik qo‘yiladi. 
Bularning orasida qaysilaridir umuman zararsiz va hatto foydali ham. Biroq ko‘p darajada iste’mol qilinsa, moyillik paydo qiladi va tanaga zarar ko‘rsata boshlaydi. Bunday ta’sirni kofein misolida isbotlash mumkin. Organizmda kofeinga moyillik paydo bo‘ladi, natijada uni ko‘proq va yana-da ko‘proq talab qila boshlaydi.

Energetik ichimliklar nimasi bilan xavfli?
Energetik ichimliklarning organizm uchun qay darajada xavfliligini tushunish uchun, dastlab uning organizmni qanday quvvatlantirishini tushunib olish lozim. Ichimlik ichilgan zahoti odam o‘zini tetik his qila boshlaydi, quvvati oshgandek tuyuladi. Aslida esa ichimlik organizmga hech qanday quvvat olib kirmaydi, aksincha, kun davomida ishlatilishi lozim bo‘lgan quvvatning chiqishini tezlatib yuboradi.  Shuning uchun ham odam oradan 3-4 soat o‘tgach avvalgidan ham kuchliroq charchoq his qila boshlaydi. 

Bu ta’sirni men o‘zimda sinab ko‘rganman. Bir kuni 0,5 litr energetik ichimlik ichgan edim. Dastlab juda ham tetiklashib ketdim. Biroz muddatdan keyin esa oyog‘imni zo‘rg‘a sudrab bosdim. Juda holsizlanib qoldim. Katta bir bo‘lak go‘shtni qaylasi bilan yeb, zo‘rg‘a o‘zimga keldim.  Boshqa stimullovchilar singari energetik ichimliklar ham oddiy sxemaga ega. Tanani birdaniga hamma quvvatni berishga majbur qiladi. Keyin nima bo‘lishi bilan ishi yo‘q. Muhimi, glyukoza va asab tizimini qo‘zg‘atib yuboruvchi kofein bilan organizmni to‘yintirish. Kofein juda ham kuchli moyillik chaqiradi. Har kuni bir finjon qahva ichish bu istak emas, balki talabdir.  
Endi miqdorlar haqida. Tasavvur qiling, siz bir necha daqiqada har birida 5 choyqoshiqdan shakar bo‘lgan 3 finjon qahva ichdingiz. Energetik ichimlikning har bir idishida taxminan o‘shancha miqdorda kofein va glyukoza bo‘ladi. Ana shuncha miqdordagi stimulyatorlarni tez-tez ichish odatga aylantirilsa, surunkali kasalliklarning quyidagi alomatlari paydo bo‘lish ehtimoli oshib boraveradi:
bosh og‘rig‘i, migren;
uyqusizlik;
qon bosimining ko‘tarilishi;
vahimaning oshishi;
qondagi qand miqdorining ko‘payishi;
kofeinga mutelik;
yurak-qon tomir tizimi ishining buzilishi;
ko‘ngil aynishi va diareya.

Bu hali eng yoqimli belgilari. Ular doimiy iste’mol oqibatida yuzaga keladi. Kimdir sutkasiga 250 milligramm zararsiz, deyishi mumkin. Lekin bu, yillar davomida har kuni, degani emas. Dunyoda bir marta iste’mol qilganning o‘zidayoq hayotdan ko‘z yumganlar ham bor. Ularning orasida eng mashhuri 2017-yilda AQShda kuzatilgan voqea hisoblanadi.

Energetik ichimlik oqibati o‘lim bilan tugashi mumkin

Bu voqea 2017-yilning aprel oyida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Devis Krip ismli 16 yashar o‘smir uvol bo‘lib ketdi. O‘shanda u sinfxonasida edi. Shunchaki hushini yo‘qotdi va qayta ko‘z ochmadi.  Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘limga yurak aritmiyasi sabab bo‘lgan. Devis iste’mol qilgan stimullovchi ichimlik esa aritmiyaga olib kelgan. Voqeadan sal oldinroq u kafega kirib qahva ichgan, izidan Mountain Dew va yana qandaydir energetik ichimlikdan ham lazzatlangan. O‘shanda ekspertlar bularning hammasi 2 soat ichida qabul qilingani o‘limga olib kelganini tasdiqlashgan edi.
  
Ehtimol, yigitchada energetik ichimlar mumkin bo‘lmagan qandaydir kasallik bo‘lgandir? Chunki ichimlikni ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari ham ayrim qarshi ko‘rsatmalar borligini tasdiqlashadi. Misol uchun, qon bosimi, yurak-qon tomir kasalliklari, glaukoma, uyqu buzilishi, o‘ta hayajon va kofeinga sezgirlikning oshishi kabi holatlarda bu ichimlik mutlaqo taqiqlanadi. Bu hali hammasi emas. Energetik ichimliklarni bolalarga, homiladorlarga, emizikli ayollarga, surunkali kasalliklari bor odamlarga berish mumkin emas.
   
Bu idishlarda foydaga qaraganda zarar ko‘proq
Aynan shuning uchun ham dunyoda shunday mamlakatlar va alohida hududlar borki, u yerlarda energetik ichimlilar sotilishi taqiqlangan yoki chegaralangan. Bular jumlasiga AQSh, Yevropaning ayrim davlatlari, Osiyoning ayrim qismi va Rossiyadagi ba’zi hududlar kiradi. Bu taqiq faqat alkogolsiz energetik ichimliklarga taalluqli. Ularning alkogolli turlari ham bor. Alkogolli quvvatlantiruvchi ichkiliklar yana-da ko‘proq joylarga kiritilmaydi va bunga mantiqiy asos ham mavjud. Ko‘plar, quvvatlantiruvchi ichimliklar mazaliroq, deb o‘ylashadi. Aslida ular shunchaki shirin. Miyaga esa yana va yana talab qilish uchun shuning o‘zi yetarli.  

Nega alkogolli quvvatlantiruvchi ichkiliklarni ichish mumkin emas?
Alkogolli quvvatlantiruvchi ichkiliklarni ichish, albatta, mumkin. Faqat bitta holatda: agar siz o‘z sog‘ligingizning dushmani bo‘lsangiz. Gap shundaki, alkogol asab tizimini yemirib tashlaydi. Aslida uni ko‘p ichib bo‘lmaydi – tananing himoya tizimi ishga tushib ketadi, go‘yo.  Quvvatlantiruvchilar esa, aksincha, asab tizimini qo‘zg‘atadi. Natijada odam mast bo‘lib qolayotganini unchalik ham sezmaydi. Oqibatda, alkogolni hayotiga xavf soladigan darajada ko‘p ichib qo‘yishi mumkin.   
   
Qolaversa, alkogolni endigina ta’tib ko‘rayotgan yoshlar uni energetiklar bilan aralashtirib ichishadi va aslida nima qilayotganini tushunmaydi. Oqibatda bolalar va o‘smirlar alkogolizmi xavf soladi. Ko‘rib turganingizdek, energetik ichimliklarning bevosita katta xavfi isbotlanmagan. Biroq uni har kuni yoki tez-tez ichib yurilsa, sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolar paydo bo‘lishi aniq.  Agar bunday muammolar sizda oldindan bo‘lsa undan ham yomon. Keyingi safar o‘sha ichimlikni qo‘lga olganingizda jiddiy o‘ylab ko‘ring: 3-4 soat nisbiy tetiklashish bir umrlik sog‘ligingizdan afzalmi?     


Navfalbek Boltayev tayyorladi


Bu ham qiziq

Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

Ukraina Milliy politsiyasiga ko‘ra, tungi hujum oqibatida 15 kishi jabrlangan.
13:07 / 24.05.2025
La Liga. “Real”da g‘alaba, Modrich “Qirollik klubi” muxlislari bilan xayrlashdi

La Liga. “Real”da g‘alaba, Modrich “Qirollik klubi” muxlislari bilan xayrlashdi

Mazkur uchrashuv “Real”ning eng sovrindir futbolchisi Luka Modrich uchun “Santyago Bernabeu”dagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.
22:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumk…
09:15 / 23.05.2025
Mudofaa vazirligi Xorazmda snaryad portlagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Mudofaa vazirligi Xorazmda snaryad portlagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston mudofaa vazirligi Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi metallolom qabul qilish punktida o‘q-dorilar portlashi oq…
21:22 / 23.05.2025
O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida 11-sinfni qancha o‘quvchi bitirgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida 11-sinfni qancha o‘quvchi bitirgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilda barcha mulkchilik shakli bo‘yicha umum…
14:02 / 24.05.2025
Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Shartnomasiz tabiiy gaz iste’mol qilish natijasida 586,4 mln so‘m miqdorida zarar yetkazildi.
21:24 / 22.05.2025
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdori ko‘payishi mumk…
10:41 / 23.05.2025
Fransiya Pavel Durovga AQShga borishini taqiqladi

Fransiya Pavel Durovga AQShga borishini taqiqladi

Bu haqda Politico xabar bermoqda.
19:53 / 24.05.2025
23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:33 / 22.05.2025
Farg‘onada o‘z xonadonida ko‘knori va nasha ekkan shaxs ushlandi

Farg‘onada o‘z xonadonida ko‘knori va nasha ekkan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
14:50 / 24.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!