$
12892.91 UZS
34.76
160.34 UZS
0.63
14512.26 UZS
6.98
35° Kechasi 21°

O‘zbekiston oltinning bir qismini xorijiy obligatsiyalar bilan almashtiradi

17:41 / 12.07.2019

O‘zbekiston o‘z valuta zaxiralarida oltin ulushini kamaytirish va uning o‘rniga AQSh g‘aznachilik majburiyatlarini sotib olishni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘lgandi. Bu zaxiralarni diversifikatsiya qilish uchun zarurligi xabar qilindi.

Endi ma'lum bo‘lishicha, Markaziy bank nafaqat AQSh, balki boshqa davlatlarning ham obligatsiyalarini qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqda Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurodov Bloomberg nashriga xabar berdi.

«Biz Amerika qimmatli qog‘ozlari va boshqa davlatlar, shu jumladan, Xitoyning qarz majburiyatlarini sotib olishni istaymiz. Oltinning ulushi taxminan 50 foizni tashkil etadi, ammo kelajakda bu ko‘rsatkich pastroq bo‘lishi mumkin», - dedi Nurmurodov Sankt-Peterburgdagi Xalqaro moliyaviy kongress davomida nashrga.

Bu boshqa mamlakatlardagi vaziyatga qarama-qarshidir, deya e'tibor qaratgan Bloomberg. Savdo urushlari va iqtisodiy o‘sishning sustligi boshqa davlatlarni oltinni ko‘paytirishga majbur qilayotgan bir paytda, o‘z iqtisodiyotini ochayotgan hamda isloh qilayotgan O‘zbekiston boshqacha yo‘l tutmoqda.

«Oltinning ulushi kamroq bo‘ladi. Birinchidan, zaxiralar o‘z-o‘zidan o‘sib boradi, ikkinchidan, biz ko‘proq oltin sotamiz», - deydi Nurmurodov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt-besh yildan keyin O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari jahon bozorida oltinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozircha esa Markaziy bank xaridor hisoblanadi, u mamlakat ichkarisida oltinni so‘mga sotib olmoqda va uni tashqi bozorda dollarga sotyapti.

«Biz so‘mning ayirboshlash kursini qo‘llab-quvvatlamayapmiz, tebranishlarni bartaraf etishga urinmayapmiz. Bizning bozordagi ishtirokimiz - valutani qo‘llab-quvvatlashga aralashish emas, balki oltin xaridi uchun kompensatsiya», - deya aniqlik kiritdi Markaziy bank rahbari. 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda yangi avtomobillar narxi o‘sishda davom etmoqda

O‘zbekistonda yangi avtomobillar narxi o‘sishda davom etmoqda

O‘zbekistonda yangi avtomobillar narxi o‘sishda davom etadi, ikkilamchi bozorda esa yana pasayish kutilmoqda.
22:16 / 19.05.2025
Fuqaro 135 mln so‘mlik tilla piyola bilan ushlandi

Fuqaro 135 mln so‘mlik tilla piyola bilan ushlandi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan Germaniyaning Myunxen shahriga parvozga otlangan fuqaroda 135 mln 200 mi…
11:09 / 20.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

Ushbu tashabbus orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.
09:30 / 21.05.2025
20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:04 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar,…
21:08 / 20.05.2025
“Rossiya va Ukraina urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi” – Tramp

“Rossiya va Ukraina urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi” – Tramp

Rim papasining so‘zlariga ko‘ra, Vatikan bu muzokaralarni o‘z hududida o‘tkazishga katta qiziqish bildirgan. Jarayon boshlan…
09:16 / 20.05.2025
21-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

21-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:06 / 20.05.2025
Rossiyaning Suriyadagi aviabazasiga hujum uyushtirildi

Rossiyaning Suriyadagi aviabazasiga hujum uyushtirildi

Hozircha Suriya va Rossiya rasmiylari hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
09:17 / 21.05.2025
Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga sanksiya qo‘llamoqchi

Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga sanksiya qo‘llamoqchi

Netanyaxu esa shartlar bajarilmasligi, Isroil o‘zini “adolatli” yo‘l bilan himoya qilishi, to‘liq g‘alabaga erishmaguncha ku…
10:59 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli bola cho‘kib ketdi

Sirdaryoda 14 yoshli bola cho‘kib ketdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tumani Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
21:43 / 20.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!