$
12904.51 UZS
-33.42
161.99 UZS
0.89
14575.64 UZS
-89.5
32° Kechasi 21°

Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz faqatgina inflyatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘rayapmiz, xolos – Moliya vaziri

09:54 / 02.02.2020

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining Twitter’dagi sahifasida inflyatsiya darajasining yanvar oyi hisoblariga ko‘ra pasayganini ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, yanvar oyida inflyatsiya – 0,6 foizni tashkil etdi. O‘tgan yil xuddi shu davrda – 1,5 foiz, 2018-yilning yanvarida – 2,7 foiz, 2017-yilning mos davrida esa 1,5 foiz bo‘lgan. 

“Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz faqatgina inflyatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘rayapmiz, xolos”, deydi u.

Vazir shuningdek, inflyatsiya darajasini o‘tgan yilga nisbatan pasaytirish imkoniyatini ham ijobiy baholaydi: 

– Lekin inflyatsiyaga ta’sir etuvchi bir nechta nomonetar omillar hali ham neytralizatsiya qilinmagan. Ishlashimiz kerak, asosiysi - inflyatsiyani o‘tgan yilgiga nisbatan pasaytirish ehtimoli anchagina yuqori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tkaza boshlashi haqida ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, joriy yilning 25-yanvar kuni Xalqaro press-klubning Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan sessiyasida Jamshid Qo‘chqorov joriy yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi past bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidlagandi.
 
“2020-yil inflyatsiya past bo‘lishiga va’da bera olmaymiz. Buning iloji ham yo‘q. Ayniqsa, paxta va g‘allaga davlat “zakaz”i bekor qilinsa, paxta va g‘alla egasi yarmarkalarda o‘z narxini qo‘yadi. Bu esa narx-navo o‘sishiga olib keladi”, degan edi u.


Bu ham qiziq

24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:08 / 23.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumk…
09:15 / 23.05.2025
Rossiya bitim loyihasini asirlar almashinuvi yakunlangandan keyin Ukrainaga topshiradi

Rossiya bitim loyihasini asirlar almashinuvi yakunlangandan keyin Ukrainaga topshiradi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “kelishuvlarning ikkinchi qismi” ustida faol ishlamo…
09:29 / 24.05.2025
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdori ko‘payishi mumk…
10:41 / 23.05.2025
Toshkentda oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

24-may kuni soat 18:40 da  Toshkent shahar Yunusobod tumani, Otchapar ko‘chasida joylashgan oshxonada, yong‘in sodir bo‘layo…
19:21 / 24.05.2025
Vyetnamda Telegram bloklandi

Vyetnamda Telegram bloklandi

Vyetnamda Telegram messenjeri rahbariyatining huquqbuzarliklarni tergov qilishda mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorli…
19:27 / 23.05.2025
2025-yilning dastlabki choragida deyarli 400 ming tonna benzin ishlab chiqarildi

2025-yilning dastlabki choragida deyarli 400 ming tonna benzin ishlab chiqarildi

O‘zbekiston ekologik toza yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun tabiiy gazni qayta ishlashni faol rivojlantirmoqda, bu esa import …
20:01 / 23.05.2025
AQSh Suriyaga nisbatan bir qancha sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Suriyaga nisbatan bir qancha sanksiyalarni bekor qildi

Shuningdek, Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Shara va mamlakat ichki ishlar vaziri Anas Xattobga nisbatan ham ch…
10:00 / 24.05.2025
Farg‘onada o‘z xonadonida ko‘knori va nasha ekkan shaxs ushlandi

Farg‘onada o‘z xonadonida ko‘knori va nasha ekkan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
14:50 / 24.05.2025
Samarqandda MChJ 5,3 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalandi

Samarqandda MChJ 5,3 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
19:11 / 24.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!