Haftaning eng kuchli zarbasi
"Ispaniya" Premer Ligasida "Real Madrid" hamda "Kordoba" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda butun o‘yin davomida Krishtianu Ronalduni qattiq pressing ostida ushlashgani o‘yinchiga yoqmadi shekilli, raqib futbolchini "aylantirib" tepish bilan humorini chiqarib oldi.
Haftaning eng kuchli zarbasi (Koptok bilan)
Belgiyaning ikkinchi divizioni doirasida kechgan "Eupen" hamda "Rasing Mexelen" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar vakili Viktor Ortiz o‘yin qahramoniga aylandi. U raqiblar darvozasiga nafaqat uchta to‘p kiritdi, balki u gollardan biri Zidanning o‘sha mashhur golini yodga soluvchi gollardan biriga mualliflik qildi.
Haftaning eng yaxshi "javob"i
Fransiya chempionatida "PSJ" hamda "Sent-Eten" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda "parijliklar" yetakchisi Zlatan Ibragimovich raqib o‘yinchisi Pol Bessga "Tanimadim, kimsan" degandek, uning futbolkasidagi yozuvga qaradi. O‘z navbatida, Pol ham mashhur futbolchiga xuddi shu tarzda, "O‘zing kimsan?" qabilada futbolkasidagi yozuvga qarab qo‘ydi.
Haftaning eng yaxshi goli (Futzal)
"Sparta Braga" hamda "Verder Bremen" o‘rtasidagi uchrashuvda "Verder" jamoasi ajoyib hujum tashkil etdi. Hujum so‘ngida Ivan Klasnich futbol maydonlarida ham kam uchraydigan qaychi usulidagi golga mualliflik qildi.
Hafta karikaturasi
"Chelsi", "Manchester Siti" va "Tottenxem" kabi jamoalar Angliya kubogi bahsini tark etdi. Grand jamoalardan faqatgina "Arsenal" o‘z o‘yinida g‘olib chiqib, kurashni davom ettirish imkonini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" jamoalari ham javob uchrashuvida g‘oliblikka erishsa, kurashni davom ettiradi.
Hafta kurashi
Hech ishlari yurishmayotgan "Milan" jamoasi yana mag‘lubiyatga uchradi. Bu safar ularni "Latsio" jamoasi "ranjitdi". Bunday mag‘lubiyatlardan charchagan "Milan" himoyachisini raqib o‘yinchisi Stefani Mauri bilan kurash qoidalari ham zid keladigan uslubda kurashdi.
Hafta xayrlashuvi
Argentinalik mashhur futbolchi Xuan Roman Rikelme o‘zining futbolchilik karerasini yakunlashga qaror qildi. Futbolchi "Boka Xuniors", "Barselona", "Vilyarreal" hamda "Arxentinos Xuniors" kabi jamoalarda to‘p surishga ulgurgan.
Haftaning kutilmagan voqeasi
"No comment" :)
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!