Sunatulla Husanovich Bekenov prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
U bu lavozimda 2019-yil aprelidan buyon ishlab kelgan Ahadbek Haydarov o‘rnini egalladi.
Sunnatulla Bekenov 1971-yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan.
U 2005-yilgacha (qachondan beriligi noma'lum) “O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi” davlat korxonasi bosh direktori sifatida ishlagan. 2005-2007-yillarda O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010-yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
2010-2015-yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2015-yildan 2016-yilning dekabrigacha Tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, 2016-yil dekabrida Botir Xo‘jayev o‘rniga Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
U 2018-yilning fevralida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi va bu lavozimda 2019-yilgacha ishlaydi. 2019-yilning yanvarida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovga birinchi o‘rinbosar bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!