Koronavirusga qarshi vaksina yaratish poygasiga kirishgan britaniyalik olimlar ushbu virusni o‘z ixtiyori bilan yuqtirishga rozi bo‘lganlarga 3500 funt to‘lanishini ma’lum qildi. Ko‘ngillilar nafaqat koronavirusni yuqtirib oladi, balki tajriba quyonchasi vazifasini ham o‘tashi kerak.
Global tajriba doirasida bir vaqtning o‘zida 24 kishiga “Covid-19” virusini yuqtirish rejalashtirilmoqda. Tadqiqot ishtirokchilar 14 kun davomida shifokorlarning qat’iy nazoratida bo‘lib turishadi.
Olimlar bu qaror vaksina yaratish borasidagi urinishlarni olg‘a siljitishga yordam berishini ta’kidlashmoqda.
Sinovlar “Queen Mary BioEnterprises” markazi karantin bo‘limini boshqaruvchi “Hvivo” kompaniyasi Buyuk Britaniya dori-darmon va sog‘liqni saqlash mahsulotlarini tartibga solish agentligidan rasman ruxsat olganidan so‘ng boshlanadi.
Mutaxassislar tadqiqot ishtirokchilariga koronavirusning eng keng tarqalgan ikki turi – “0C43” va “229E”larni yuqtirishni mo‘ljallashmoqda.
Londondagi Qirolicha Meri universiteti virusologiya bo‘yicha mutaxassisi professor Jon Oksfordning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngillilar “Covid-19” koronavirusida bo‘lgani kabi yo‘tal va shamollash alomatlarini his qilishadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!