$
12410.99 UZS
-85.95
158.38 UZS
-1
14237.89 UZS
-167.33
40° Kechasi 24°

Smartfon vositasida internetsiz bajarsa bo‘ladigan foydali ishlar

08:16 / 10.11.2014

Zamonaviy telefonlar allaqachon aloqani ta'minlashga qaratilgan birinchi vazifasi doirasidan chiqib, bizning ko‘nglimizni ochish, mashq qildirish va dars berishni boshlagan. Biroq ularning ko‘p imkoniyatlari u yoki bu darajada tarmoq bilan bog‘liq, shuning uchun agar Internetga kirish imkoni bo‘lmasa, eng zamonaviy smartfon ham oddiy telefon go‘shagiga aylanadi. Agar avvaldan bu turdagi ilovalardan birini o‘rnattirmagan bo‘lsangiz. Xo‘sh, Internetga kirish imkoni bo‘lmaganda, smartfon vositasida qanday foydali ishlarni bajarish mumkin?

Podkast tinglash

Ha, albatta, telefon xaritasida bo‘lgan musiqani tinglashingiz mumkin. Biroq yangigina podkast eshitish qiziqroq. Buning uchun siz avvaldan maxsus ilovani o‘rnatishingiz kerak. Ilova siz ko‘rsatgan kanallarni yoki sizni qiziqtirgan mavzularni avtomatik ravishda yuklab olishi mumkin. Bu turdagi eng yaxshi ilovalardan biri — Podcast Addict. Siz bu ilova vositasida kalit so‘zlar bo‘yicha audio va videopodkastlarni izlashingiz, kanallarni yoki alohida guruhlarni tanlangan mediaga qo‘shib, qo‘lda RSS-lentalarni yoki YouTube kanallarni qo‘shishingiz, OPML-fayllarni import qilishingiz va eshitish yoki avtonom rejimda ko‘rish uchun yangi epizodlarni qo‘shishingiz mumkin.

Tanlangan sahifalarni o‘qish

Ishonchimiz komilki, ko‘pchilik odamlar singari sizda ham tarmoqqa qo‘yiladigan hamma qiziq maqolalarni o‘qishga vaqt yetmaydi. Bu muammoning eng ma'qul yechimi — keyingi qoldirilgan mutolaa uchun maxsus dasturni o‘rnatish. Ularning hammasi bitta tamoyil asosida ishlaydi: siz tegishli servisdagi maqolani tanlaysiz, u maqola mazmunini saqlab, matnni sizning mobil qurilmangizga uzatadi. Shu tariqa maqolani avtonom rejimda ham xotirjam o‘qishingiz mumkin bo‘ladi. Bunday turdagi eng yaxshi servis — bu Pocket. Uning klipperlari har qanday brauzer uchun qulay, maxsus mobil ilovalari esa deyarli barcha platformalarga mos. Maqola saqlanayotganda u vizual axlat va reklamadan tozalanadi, shuning uchun sizga faqat matn va rasmlar qoladi.

                 

Til o‘rganish

Siz xorijiy tilni o‘rganish borasida ilg‘or o‘quvchi bo‘lasizmi yoki endi ilk qadamlarni qo‘ydingizmi, har qanday holatda ham, sizga maxsus o‘quv kurslari yordam beradi. Ularning yordamida yangi so‘zlarni bilib olishingiz, tanish so‘zlarni takrorlashingiz, grammatika qoidalarini o‘zlashtirib, talaffuzingizni mashq qildirishingiz ham mumkin. Xorijiy tilni o‘rganishga mo‘ljallangan ko‘plab mavjud dasturlar orasida Duolingo farq qiladi. U bizga to‘laqonli kurslarni taklif qiladi. Har bir dars turli xil topshiriqlarni qamrab oladi. Sizga faqat o‘qish va tarjima qilish emas, talaffuz va to‘g‘ri yozishni ham mashq qilish taklif etiladi. Shu tariqa siz materialni to‘liq o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lasiz.

Mashq qilish

Tarmoqdan foydalana olmaslik — bu yana mashq qilish uchun ajoyib bahona. Bunda sizga smartfoningiz hamroh bo‘lib, murabbiy sifatida ishlashi mumkin. Fitnes uchun, shuningdek, yugurish mashqlari uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar mavjud. Virtual murabbiylarning eng yaxshilaridan biri — Sworkit. Nihoyatda oddiy, shu bilan birga turli mashqlarni qamrab olgan bu ilova sizga qulay vaqt va joyda mashq qilish imkonini beradi. Bunda sizga hech qanday qo‘shimcha uskuna kerak bo‘lmaydi.

O‘yin o‘ynash

Ha, biz bunga har doim tayyormiz. Qolaversa, sizga oddiy emas, balki aqliy rivojlanish uchun foydali o‘yinlarni taklif etamiz. Bu o‘yinlar sizning oflayn vaqtingizni o‘tkazishgagina emas, xotirangizni mustahkamlashga, mantiqiy fikrlashga, reaksiya tezligini oshirishga, nostandart qarorlar qabul qilishga va har bir qadamingizni avvaldan o‘ylab olishga yordam beradi.

     


Bu ham qiziq

O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston diplomatlari sa’y-harakati bilan O‘monda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayolning O‘zbekistonga qaytishi …
10:07 / 21.06.2025
24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:36 / 23.06.2025
23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
13:16 / 22.06.2025
Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni Qashqadaryo viloyatiga bordi.
11:48 / 19.06.2025
Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor

Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor

Shu munosabat bilan joriy yilda 7 ming 700 ta xonadon qurilishini yakunlash, aholi zich bo‘lgan Shahrisabz va Qarshi shahri,…
17:41 / 20.06.2025
Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham o‘z fuqarolarini xavfsiz ravishda Vatani…
14:32 / 21.06.2025
Peskov AQShning Eronga yadroviy zarbasi falokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi

Peskov AQShning Eronga yadroviy zarbasi falokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh Eronga nisbatan taktik yadroviy qurol qo‘llash ehtimoli haqidagi xabar…
10:47 / 21.06.2025
Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Reuters’ning xabar berishicha, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari Jenevada ertaga, 20-iyun kuni …
15:07 / 19.06.2025
O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘…
12:25 / 23.06.2025
Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy-havo kuchlari Erondagi uchta eng yirik yadroviy obyektni bombardimon qilganidan …
09:18 / 22.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!