Farg‘onada tamaki va alkogolli mahsulotlarini noqonuniy sotgan fuqaro ushlandi.
Farg‘ona tumanida chetdan noqonuniy olib kirilgan tamaki va alkogolli mahsulotlarini sotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro Sh.A. xaridor Z.ga aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston hududiga olib kirilgan aksiz-markasiz qiymati 3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan tamaki va alkogolli mahsulotlarni sotayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda tuman IIBning bo‘limlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 186-1-moddasi (tamaki va alkogolli mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!