Hukumatning joriy yil 3-iyun kuni qabul qilingan tegishli qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Norma’ning ma’lum qilishicha, mazkur hujjat bilan quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutilgan:
– ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish tartibini joriy etiladi;
– oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan kam ta’minlangan oila tushunchasi mezonlarini aniqlashtiriladi;
– tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatini beriladi;
– oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan xotin-qizlar doirasini kengaytiriladi;
– tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish jarayonini Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgarmasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi bilan bog‘lanadi;
– oilaning ehtiyojmandlik darajasi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlash tartibi joriy etiladi.
Belgilanishicha:
– tavsiyanoma belgilangan mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi;
– tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi;
– oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!