$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
26° Kechasi 16°

Mashhur 15 logotipning yashirin ma'nolari

13:58 / 27.08.2015

Sevimli kompaniyamizning ko‘rkam logotipi o‘zida biz bilganimizdan ko‘ra muhimroq ma'nolarni mujassam etgan bo‘lib, ularni o‘zimiz uchun kashf etish har doim qiziq bo‘lib kelgan. Ma'lum bo‘lishicha, logotipdagi chiziqning sezilmas yo‘g‘onligi, uzunligi yoki uning rangi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Saytimiz ijodkorlari yuqorida tilga olinganidek yashirin ma'noga ega 15 ta logotipni e'tiboringizga taqdim etmoqda. Ularda biz avvallari payqamagan ma'nolar mujassam. Diqqatingizni ushbu logotiplar ketma-ketligiga qaratamiz.

Hyundai

1. Juda ham ko‘pchilik Koreya avtomobil kompaniyasi “Hyundai”ning logotipi uning “bosh harfidagi “N”ni anglatadi” deb fikrlaydilar. Ammo aslida esa “N” harfi bir-birini qo‘llarini siqib turgan ikki kishi (bir tarafdan mijoz va ikkinchi tarafdan kompaniya vakili)ni anglatadi.

Adidas

2. “Adidas” tarmoqli sport do‘konlarining nomi uning asoschisi Adolf Dasslerning nomidan kelib chiqqan. Logotib ko‘p bor o‘zgartirilgan. Ammo unda har doim uch chiziq alohida o‘rin egallagan. Bugungi kunga kelib chiziqlar qiya qilib uchburchak shaklida tasvirlangan bo‘lib, tog‘ni eslatadi. Bu ramziy tasvir sportchilar qarshisidagi zabt etilishi lozim bo‘lgan to‘siqlarni anglatadi.

Apple

3. Rob Yanov barchamizga ma'lum “Apple” logotipini o‘ylab topgan: “Men bir xalta olmalarni sotib olib, ularni tovoqchaga soldim. Detallarini soddalashtirish uchun ularni xafta davomida qog‘ozga muhrladim”. Olmadagi tish izi ham tadqiqotning bir qismi edi. Tasodifan bayt — “bite” ya'ni ingiliz tilida tishlamoq ma'nosini anglatuvchi so‘z kompyuter atamasi “bayt”ga mos kelib qolgan.

Sony Vaio

4. “Sony Vaio” logotipidagi ikkita bosh harflar to‘lqinsimon yozilib, analogli signalni anglatadi. Oxirgi ikki belgi 1 va 0 esa raqamli signalni ifodalaydi.

Amazon

5. “Amazon” logotipi bir qarashda xech qanday ma'lumotni o‘zida mujassam etmagandek ko‘rinadi. Ammo logotip brend falsafasini anglashga yordam beradi. Sariq chiziqcha bir qarashda tabassumni eslatadi. Bu bilan Amazon.com mijozlar mamnun bo‘lishini xohlashini ifoda etadi. Shuningdek, sariq chiziq “A” bilan “Z” harflarini birlashtirgan. Go‘yo do‘konda ipidan ignasigacha barcha narsa mavjud, degan ma'noga ishora qilingan.

Baskin Robbins

6. BR harflaridagi pushtirang qismlari 31 raqamini anglatadi. Ya'ni “Baskin Robbins” muzqaymoqlarining tamlari xuddi shuncha miqdorda.

Toyota

7. Juda ko‘pchilik Yaponiya avtomobil ishlab chiqarish korporatsiyasi bo‘lmish “Toyota” logotipini, boshida shlyapa kiygan kovboy tasviriga qiyoslashsa ajab emas. Ammo aslida logotipda ignaning ip o‘tkazadigan ko‘zi ifodalangan. Bu kompaniya tarixda tikuv dastgohlarini ishlab chiqarish bilan faoliyat olib borganligi bilan bog‘liq. Shuningdek, logotipga diqqat bilan nazar solinsa, aylanalarda “Toyota” so‘zidagi harflarni ham ilg‘ash mumkin.

Continental

8. “Continental” avtomobil shinalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Buning ifodasinin “Continental” so‘zining ikki bosh harflarida ham ko‘rish mumkin. Logotip harflari avtomobil shinasi ko‘rinishida tasvirlangan.

Formula 1

9. Agar sinchkovlik bilan logotipdagi F harfi bilan qizil chiziqlar o‘rtasidagi oq bo‘shliqga nazar solinsa bir raqamini ko‘rish mumkin. Logotip tezlik xissini tasvirlab turgandek go‘yo.

Pinterest

10. Taniqli internet-serviz “Pinterest”ning logitipida “R” harfi “oyoqchasi” doska taxtasiga kerakli ma'lumotlarni qistirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan ignaga o‘xshash qilib tasvirlangan. Bu bilan kompaniyaning saytidagi sizga yoqgan rasmlarni o‘zingizning internetdagi onlayn doskangizga qistirishgizga ishora etilgan.

Beats

11. Musiqaga oid texnikalarni ishlab chiqaruvchi Amerikaning “Beats” kompaniyasining logotipidagi “B” harfi quloqchin taqib olgan insonning boshini tasvirlaydi.

Toblerone

12. “Toblerone” Shveytsariyaning Bern shahrida shokolad ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyadir. Bu shaharni ayiqlar shahri deb ham ataydilar. Ana shuning uchun “Toblerone” logotipidagi qoyalarda ayiqning tasviri tushirilgan. 

BMW

13. “BMW”ning tarixi aviatsiyaga borib taqaladi va kompaniya logotipi o‘z tarixiga sodiq qolgan. “BMW” logotipidagi markazidagi oq va ko‘k rangli belgilar aylanayotgan parrakni ifoda etadi” degan fikrdagilar ko‘pchilikni tashkil etsada, aslida logotipda Bavariyaning bayrog‘i tasvirlangan. Ma'lumki, Bavariya bayrog‘i kataklardan iborat. 

LG

14. Janubiy Koreyaning elektr texnika ishlab chiqaradigan “LG” kompaniyasining logotipida tabassum qilib turgan inson tasvirlangan. Kompaniyaning rasmiy ta'rifiga ko‘ra bu logotip kompaniya mijozlarning barchasiga insoniy munosabatda bo‘linishini ifoda etadi. Shu bilan birga tarmoqda mana necha yildirki “LG” logotipi mashhur kompyuter o‘yinidagi Pac-Man qahramoniga qiyoslanadi.

Evernote

15. Fillar betakror eslab qolish qobiliyati bilan mashhur. Ushbu jonivor turli chehralar va holatlarni eslab qolishi isbotlangan. Aynan shuning uchun “Evernote” qayd etish xizmati logotipida fil rasmi aks ettirilgan. Logotipdagi fil qulog‘ining burchagi kitob varag‘ini qayirib qo‘yilganidek tasvirlangan. “Evernote” qaydlari bilan xech nimani unitmaysiz.

Coca-Cola

Ba'zi logotiplarda tasodifiy yashirin ma'noni ifoda etuvchi belgilar ham uchrab turadi. Ammo bu juda ham kam uchraydigan xolatdir. Masalan mashhur Coca-Cola dagi “O” va “L” harflari oralig‘idagi Daniya bayrog‘ini ko‘rishimiz mumkin. Kompaniya ushbu tasodifiy belgidan Daniyadagi navbatdagi reklama chog‘ida foydalangan edi.

Sarvar Ishoqov tayyorladi.


Bu ham qiziq

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi…
09:53 / 18.05.2025
17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:30 / 17.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘ch…
10:09 / 16.05.2025
AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

Qo‘shma Shtatlarda The American nomli realiti-shousi tashkil etiladi.
11:47 / 17.05.2025
18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
08:37 / 18.05.2025
Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektoridan 1 million falastinlikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmo…
13:53 / 17.05.2025
“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” hafta boshida, 19—21-may kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
18:20 / 17.05.2025
Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga poytaxtda so‘nggi 170-yillikdagi may oyida hech qachon kuzatilmagan eng yuqori harorat rekordi yangilanishi mumkin.
22:40 / 15.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!