Avvalroq Chiroqchi tumani “RUVD” boshlig‘i Fazliddin Yusupovning ishdan olingani va uning o‘rnida vaqtinchalik Aktam Beshimqulov ish boshlagani haqida ma’lum qilingan edi.
Kecha, 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonov ishtirokida tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo viloyati IIB Chiroqchi tuman IIO FMB boshlig‘i F.Yusupov, Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Qobilov, Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari N.Ismatov, Tergov bo‘yicha o‘rinbosari D.Rasulov egallab turgan lavozimidan rasman ozod etildi va 1-o‘rinbosari Yu.Mingnorov, 4-sonli IIO FMB katta profilaktika inspektori Sh.Raxmonov ichki ishlar organlari safidan chetlashtirildi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 23-yanvar kuni soat 01:50 da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Langar qishlog‘ida sodir etilgan chorva mollari o‘g‘riliklarini fosh etish borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida o‘g‘irlikda gumon qilinib, Chiroqchi tumani IIO FMB binosiga olib kelingan Yusuf Abdurahmonov ismli shaxs vafot etgan va buning ortidan voqeaga daxldor Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!