$
12920.16 UZS
-13
158.61 UZS
0.33
14681.18 UZS
-38.05
28° Kechasi 17°

Andijon va Surxondaryo viloyatlari hokimlari yana majburiy mehnat “maydoni”da

17:11 / 04.08.2019

“2-avgustda Prezident yonib-kuyib, qaygʻurib, jon kuydirib selektor qildi, bu kishim esa 3-avgust kuni hammani majburiy mehnatga jalb qilish haqida SHOSHILINCH TOPSHIRIQ beribdi. Maqsad - Prezidentga ishlar jadal ketayotganligi haqida koʻrsatiladigan videoni chiroyli chiqarish uchun ekan. Tovba, bularga haqiqatan mutlaqo farqi yoʻq ekan, na Konstitutsiya, na qonun, na Prezident gaplari taʼsir qiladi. Qoyil, shunchaki qoyil! Yurak ham naq kitning yuragi ekan!”, - deya telegramdagi oʻzining kanalida post qoldirdi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Huquqshunos ushbu postga bir nechta suratlarni ham ilova qilgan. Mazkur suratlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari va guruh rahbarlariga, Boshqarma va tashkilot rahbarlariga, Shaharlar va tumanlar hokimlariga “Shoshilinch xabarnoma”si keltirilgan. 3-avgust kuni imzolangan xatda 4-avgust kuni soat 7:30 da Xonobod shahar “Xontogʻ” MFY hududida yangi tashkil etilgan “Qurilish shtabi”da yigʻilish oʻtkazilishi haqida yozilgan.

Gap shundaki, Davlatimiz rahbarining “Xonobod sanatoriysi” hududida 3 ming nafar mijozga xizmat koʻrsatuvchi dam olish maskanini bir oy muddatda qurish topshirigʻini bajarish maqsadida ushbu xat chiqarilgan. Suratda, shuningdek, har bir tashkilot majburiy tarzda 10 kishidan ishchi, “lopatka, ketmon va boshqa asboblar” bilan ertalabki shoshilinch yigʻilishga ishtirok etishi shartligi aytilgan.

Ikkinchi suratda majburiy mehnatga jalb etilgan tashkilotlarning roʻyxatini ham koʻrishimiz mumkin. Achinarlisi, davlat rahbarining 2-avgust kuni oʻtkazgan selektordagi tanbehlari taʼsir qilmagani va tegishli xulosa chiqarilmaganidir. Sababi Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bank moliya muassasalaridan tortib, hattoki viloyat televideniyasini ham ishga jalb qilgan.

Eng achinarlisi bilasizmi nimada? Ushbu roʻyxatda keltirilgan shaxslarning birortasi bunga nisbatan munosabat bildirmayotgani. Nahotki vatandoshlarimizga oʻzining huquqiy manfaatlarini himoya qilishi uchun Konstitutsiyada keltirilgan normalar, Kodeks va Qonunlardagi moddalar yetarli boʻlmasa? Yoxud davlat rahbarining aytgan soʻzlari, majburiy mehnatga qarshi koʻrayotgan choralari kor qilmasa?

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 16-fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Peshku tumanida viloyat faollari ishtirokidagi yigʻilishda “Bir narsani bilinglar — dunyo shiddat bilan oʻzgaryapti, zamon juda tahlikali. Lekin mana shu shiddatli, tahlikali zamonda biz bir davlat, bir millat boʻlib, oʻrnimizni oʻzimiz topmasak, ertaga uni hech kim bizga topib bermaydi. Birov chetdan kelib, Oʻzbekiston uchun hech narsa qilib bermaydi”, – deya taʼkidlagan edi.

Oʻylaymanki, boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlardan tegishli xulosa chiqarib, tor doirada emas, jahon miqyosida fikr yuritib, mamlakatning rivoji, ertangi kuni uchun birgalikda harakat qilish, kamchiliklarimizni bir-birimizga toʻgʻri tushuntirib, muammolarni oʻz vaqtida hal qilishimiz maqsadga muvofiq boʻlar edi. Axir hozir xalqaro ekspertlar koʻzini ochib bizga nazar tashlab turibdi-ku. Ular kuzatib turmaganda ham biz oʻzimiz, kelajagimiz uchun harakat qilishimiz kerak emasmi?

Ha, aytgancha, Xushnudbek Xudoyberdiyev “Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov oʻzining 2-avgustdagi topshiriq xati bilan, tashkilot rahbarlari va xodimlarini 3-avgust, shanba kuni soat 6:00 da M39 avtomobil yoʻli boʻylab begona oʻtlardan tozalash, gul ekish va sugʻorish ishlari uchun majburiy safarbar etmoqda”, - deya yana bir post qoldiribdi. Huquqshunos yana shunday qoʻshimcha qilgan – “Qoyil, baraka toping! Xudo xohlasa, Siz kabi hokimlar bilan buyuk kelajak quramiz!”.

Umid qilamizki, tez orada xalqimizning oʻzi bu kabi holatlarga huquqiy madaniyat bilan yuksak darajada munosabat bildira boshlaydi va oʻshanda birov birovni o‘zi istamagan mehnatga majburlay olmaydi.

Abdullo Yodgorov,
jurnalist


Bu ham qiziq

“Sariosiyo” aeroporti qayta rekonstruksiya qilindi

“Sariosiyo” aeroporti qayta rekonstruksiya qilindi

Surxondaryo viloyatidagi “Sariosiyo” aeroporti rekonstruksiya qilindi. Bu haqda UzAirports xabar berdi.
18:26 / 29.04.2025
Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

“Tailand bosh vaziri Pxetxongtxan Chinavat xorijliklar uchun vizasiz rejim muddatini qayta ko‘rib chiqish, uni 60 kundan 30 …
12:25 / 29.04.2025
Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
20:07 / 29.04.2025
Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi xorijiy IT-kompaniyalardan soliq tushumlari qariyb 1,5 barobarga oshdi.
18:41 / 30.04.2025
“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

G‘oliblar 525 million so‘mga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
16:50 / 29.04.2025
Farg‘ona tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Farg‘ona tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga …
18:31 / 29.04.2025
KXDRning taxminan 600 nafar harbiylari Ukraina urushida halok bo‘lgan

KXDRning taxminan 600 nafar harbiylari Ukraina urushida halok bo‘lgan

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR Rossiya tomonida urushda qatnashish uchun Ukrainaga taxminan 15 ming na…
16:30 / 30.04.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-2 may kunlari kutilayotgan yomg‘ir…
20:59 / 30.04.2025
Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025
Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Shuningdek, Migratsiya agentligi fuqarolardan legalizatsiyaga doir savollar bilan @huquqiy_yordam_uzbot’ga murojaat qilishla…
10:07 / 29.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!