$
12190.43 UZS
49.05
162.09 UZS
1.83
14362.76 UZS
49.29
31° Kechasi 18°

“Men sizni sevaman!”: sevimli bo‘lib yashash ilmi haqida bilasizmi?

12:17 / 26.03.2020

 Xitoyning Dzen Buddizm deb ataluvchi eski ta’limoti haqida hech eshitganmisiz? Ushbu ta’limot haqida gap ketganda vyetnamlik, ta’limot ustozi Txit Nyat haqida gapirmaslikning iloji yo‘q.

U ushbu ta’limotni mohirona san’at darajasiga ko‘targan hamda inson, uning ruhiyatini chuqur o‘y-fikrlari bilan davolagan shaxs hamdir. Nyat sevish, eng avvalo, ikki insonning bir-birini tushunmog‘idir, deb hisoblaydi. Shundaylikka, shundayku-ya, ammo sevish va sevimli bo‘lish hammaga ham nasib etavermaydi-da... Bugungi maqolamiz sevish va sevimli bo‘lib yashashga erishish borasida Txit Nyatning fikr va tavsiyalari.

Katta va kichik yurak

Siz qay biriga egasiz?
Bir hovuch tuzni bir piyola suvda eritsangiz, bu suvni ichib bo‘ladimi? Albatta, yo‘q. Agar xuddi o‘shancha tuzni daryoga sochib yuborsangiz-chi? Tuzni qancha sepmang, daryo suvi ta’mi zarracha o‘zgarmaydi. Yurak bilan ham xuddi shunday. Agar yurak kichik bo‘lsa, tushuna olish va g‘amxo‘rlik qilish xususiyati chegaralangan bo‘ladi. Shu bois, inson bundan aziyat chekadi. Chunki u boshqalarni yetarlicha tushuna olmay qiynaladi, kamchiliklarini yo‘qotishga va ularni o‘zgartirishini talab qiladi.

Biroq yurak katta bo‘lsa, yuqorida aytilgan narsalar sizni bezovta qilmaydi va siz kamroq azob chekasiz. Katta yurak sohib va sohibalari bir-birlarini juda yaxshi tushunishadi, har qanday vaziyatda ham bir-birlariga g‘amxo‘rlik qilishda davom etaverishadi. Undaylar atrofdagilarga do‘stlik va mehr-muhabbat quchog‘ini keng ocha oladi. Inson atrofdagilarni boricha qabul qilishi sabab ularda o‘zgara olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Sizning azoblaringiz uning ham azoblari
Chuqur va haqiqiy munosabatlar vaqtida siz va ikkinchi bir odam o‘rtasidagi chegara yo‘qoladi. U bu – siz, siz esa – u. Sizning azob va tashvishlaringiz ham uniki. Baxti ham sizning baxtingiz.  

Sevimli insoningiz bilan bo‘lib o‘tayotgan voqeliklarning bari siz bilan ham sodir bo‘ladi. Va siz boshqa “bu sening muammoying”, deya olmay qolasiz. Muammo xoh katta bo‘lsin, xoh kichik bo‘lsin, u bir odam gardaniga og‘irlik qiladi. Uni bittalashib hal qilish yaxshimi yoki ikki kishi bo‘libmi?


Baxtni to‘yintirib ham turish kerak
Chuqur muhabbatning asl ma’nosi bir insonning boshqa bir insonga baxt bera olish va uning hayotida yorug‘lik uchquniga aylana olishdir. Ammo baxtni o‘zingiz his qilmay turib, boshqaga bera olmaysiz. Shuning uchun ichingizda shunday shinam baxt kulbasini qura oling-ki, toki u yerda siz, avvalo o‘zingizni sevishga, davolay olishga o‘rganing.
Shaxsiy hayotingiz uchun baxt va quvonch onlarini ko‘paytirishga urinib ko‘ring. Shundagina sizda boshqa bir insonga taklif qila oladigan narsangiz paydo bo‘ladi. O‘z baxtingizni to‘yintirish orqali insonlar o‘zining seva olish xususiyatini mustahkamlab boradi. Boshqalar azobini tushuna olish va unga mehr bera olish, boshqa bir insonga tortiq qilish mumkin bo‘lgan eng katta sovg‘adir. Insonda e’tibor va muhabbat yetarli bo‘lsa, har bir daqiqa – xoh u nonushta tayyorlash bo‘lsin, yoki uy ishlarini bajarish chog‘i bo‘lsin farqi yo‘q, bu onlar siz uchun quvonch onlariga aylanadi. Bu esa oilaviy rishtalarning yana-da mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

Qanday sevish haqida
Inson nima uchun sevadi? Siz nima uchun sevasiz? Aslida inson o‘zini shaxsiy azoblar, hayotiy omadsizlar, yoqimsiz hissiyotlardan chalg‘itish uchun sevadi! Seva olish uchun esa, eng avvalo, eshitishni bilish kerak.

Agar siz sevsangiz, sevimli insoningiz doimo yengil tortishiga yordam berishingiz kerak. Uning azoblar ildizini tushunmas ekansiz, shifokor bemorni kasallik sababini bilmay davolay olmagani kabi, siz ham uni davolay olmaysiz. Qancha ko‘p eshita olsangiz, shuncha ko‘p seva olasiz ham. Qancha ko‘p sevsangiz, shuncha ko‘p eshitishingizga to‘g‘ri keladi. Bu bir tanganing ikki tomoni kabidir.


Hech bir inson o‘zicha bo‘la olmaydi
Ko‘pincha “men seni sevaman”, deyish orqali biz faqat o‘zimizni, ya’ni “men”imizni nazarda tutamiz. Chunki har birimiz ozmi-ko‘pmi o‘z “men”imizning asiriga aylanib ulgurganmiz.

Aslida hayotda yolg‘iz “men” degan tushuncha yo‘q. Gul gullashiga sabab bo‘luvchi omillarsiz – yorug‘lik, suv, kislorodsiz gullay olmagani kabi, inson ham shunday gullay olmaydi. U ham bir qator omillar (yer, quyosh, ota-ona, yaqin qarindoshlar, sevimli insoni) bilan uzviy bog‘liq.

Munosabatlar vaqtida siz sevimli insoningiz o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olmasangiz, uning azoblarini, muammolarini ham ko‘ra olmaysiz. Shunday ekan, doimo bir-birlaringizni tushunib yashashga harakat qiling. Ishoning, bunday hayotda yashash ham oson!


Nargiza UTEPOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Dono Boboxonova vafot etdi

Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. U milliy sahna san’ati rivoji…
15:16 / 15.04.2026
Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent va Yerevan o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 2026-yil may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi mumkin…
10:10 / 16.04.2026
Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Ukrainaning Zaporojye shahrida 15-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan hujum oqibatida kamida bir nafar fuqaro halok bo‘ldi, bir…
11:27 / 15.04.2026
Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq o‘rinbosarlari — Timur Shabdanbekov va Daniyel Risaliyev hibsga …
12:21 / 15.04.2026
Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyai vakili bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyai vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-aprel kuni Toshkentda Rossiya Prezidenti Administratsi…
09:24 / 16.04.2026
Jarimaning 50 foizi 1 oyda to‘lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Jarimaning 50 foizi 1 oyda to‘lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalarni to‘lash tartibi yanada yengillashtirilmoqda.
11:52 / 16.04.2026
Prezident Sindorovni shaxsan tabrikladi

Prezident Sindorovni shaxsan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javokhir Sindarov bila…
16:14 / 15.04.2026
Qirgʻizistonda qishloq nomlari qirgʻiz tiliga oʻzgartiriladi

Qirgʻizistonda qishloq nomlari qirgʻiz tiliga oʻzgartiriladi

Sadir Japarov Qirgʻizistonda qishloq nomlarini oʻzgartirish tashabbusini ilgari surdi. Unga koʻra, mamlakatdagi rus tilidagi…
11:02 / 15.04.2026
17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishin…
17:13 / 16.04.2026
Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

11-mart kuni Toshkentda 3 nafar yigit haydovchilik guvohnomasiz, davlat raqami yechilgan hamda miltillovchi chiroqlar o‘rnat…
12:43 / 15.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!