Toshkent va Yerevan o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 2026-yil may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Dastlabki rejalarga ko‘ra, parvozlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.
Reyslar Boeing 737 samolyotlarida bajarilishi kutilmoqda. Ushbu yo‘nalishda Shirak Avia aviakompaniyasi tashuvchi sifatida faoliyat yuritadi.
Yangi aviaqatnovlar ikki davlat o‘rtasidagi turizm va biznes aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Avvalroq yo‘lovchilar bu yo‘nalishda Moskva, Istanbul yoki Tbilisi orqali tranzit bilan uchishga majbur bo‘lgan. To'g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lovchilar uchun qulaylikni oshirib, mintaqaviy aloqalarni yanada faollashtiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!