$
12917.10 UZS
-48.24
160.14 UZS
-1.2
14460.69 UZS
-64.38
28° Kechasi 17°

Parhez foyda bermaydigan 9 ta sabab

11:13 / 03.05.2015

“Parhez tutayotganimga ancha-muncha vaqt bo‘ldi. Lekin negadir sira natijasi bilinmayapti. Har kungi yugurish, sport mashg‘ulotlari, qat'iy o‘rnatilgan parhezli hayot… Ammo barchasi bekordek…” 

Ha, sizning ham hayolingizdan shu kabi o‘y-fikrlar o‘tayotgan bo‘lsa ajab emas. Ho‘sh, ozishga qaratilgan bu kabi qoidalarga to‘liq amal qilishinigizga qaramasdan nega hanuz og‘irliginigizda hech qanday o‘zgarish sezilmayapti?

Buning sababi oddiy. Qanday deysizmi? Sizga ushbu holatning to‘qqizta sababini keltirib o‘tamiz. 

Birinchi sabab:

Siz oldingidan ko‘proq ovqat tanovul qilayapsiz.

Ha, ha. Ishonavering, hayron ham qolmang. Garchi bu g‘alati tuyulsa-da, parhezli taomlarni iste'mol qilishni boshlaganingizdan beri, siz ko‘p ovqat tanovul qilayapsiz.  

Birinchidan, garchi semirtiradigan, ko‘p yog‘li taomlar va bug‘doyli mahsulotlardan voz kechgan bo‘lsangiz-da, siz parhezli taomlarni keragidan ortiq iste'mol qilyapsiz. “Nima farqi bor, axir bu mahsulotlar semirtirmaydiku”, degan xato fikrni miyangizdan chiqarib tashlang. Unutmang, kaloriyasi kam taom bo‘lsa-da, uning miqdoriga doimo e'tiborli bo‘ling. 

Ikkinchidan, sport bilan shug‘ullanish kishi ishtahasini ochadi, o‘z-o‘zidan qarabsizki, bu keragidan ortiq taom iste'mol qilishga olib keladi.  

Ikkinchi sabab: 

Sizning ruhiy holatingizda kamchiliklar bor

Balki bu gap sizga g‘alati eshitilishi mumkin, ammo aslida shunday. O‘zingiz uchun sevimli taomlardan voz kechganingizdan so‘ng, oshqozon doimo sizdan ushbu mahsulotlarni yeyishingizni kutadi. Qarabsizki, bu miyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lqinlarni uzatadi. Bundan tashqari ozish uchun tinmay mashg‘ulotlarda qatnashib, nafaqat jismoniy balki, ruhiy jihatdan ham toliqasiz. O‘z-o‘zidan sizda stress holati paydo bo‘ladi.

Bu tavsiya balki xatodir, ammo bir kun, ming kun emas. Bundan tashqari yoga va issiq vanna qilish ham tushkunlikni yengadi.  Ammo tushkunlik kayfiyatingizga ishdagi muammolar, oilaviy kelishmovchiliklar, iqtisodiy beqarorliklar sabab bo‘lsa, unda bu muammolarga yechim topilmaguncha, stress holatidan chiqib ketolmaysiz. 

Uchinchi sabab: 

Ozishni haddan ortiq istaysiz

Gaplarim balki yana g‘alati tuyilishi mumkin. Tan olaman, ammo juda kuchli istak ham, orzuni amalga oshishiga ba'zan halaqit beradi…

To‘rtinchi sabab:

Juda kam uxlaysiz

Har qanday mashg‘ulot, har qanday ovqatlanish tartibida ham inson organizmi o‘rtacha uyquni olishi kerakligi belgilangan. Agar kam uxlasangiz, bu yana sizdagi stress holatiga sabab bo‘ladi, bundan tashqari kam uyqu ishtahani ochadi va sizda juda yog‘li yoki juda shirin narsalarni yeb qo‘yish istagi paydo bo‘ladi. 

Uchinchidan, parhezni vaqtida amalga oshirish va mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun o‘zingizdagi kuchni aynan to‘yingan uyqudan olasiz, buni unutmang. 

Beshinchi sabab:

Organizmda ortiqcha narsalar yig‘ilgan

Buni hech hayratlanarli joyi yo‘q. To‘g‘rida, zamon bilan hamnafaslik, deyiladi bu. Ammo bu siz uchun juda zarar ekanligini bilasizmi? Kunlik kosmetika vositalari, gazli va turli bo‘yoqdor ichimliklar, tamaki vositalari, spirtli ichimliklar, turli kimyoviy moddalari bor mahsulotlar tanovul qilasiz, shularning barchasi inson organizmi uchun zarar. Endi, tasavvur qiling, tanangiz shuncha og‘ir yukni ko‘tarishi kerak. 

Oltinchi sabab: 

Toza ichimlik suvini kam miqdorda ichasiz

Organizmingizni doimo toza suv bilan ta'minlang. Suvsizlangan organizmda modda almashinuvi qiyin kechadi. Buning ustiga organizmdagi ortiqcha yog‘ va keraksiz moddalar aynan suv orqali chiqib ketishi barchaga ma'lum. 

Yettinchi sabab:

Siz juda tez ovqat yeysiz

Sizga shunday savol, “Bir kunda necha mahal ovqatlanasiz?” Ha, albatta, doimiy javob bitta: kuniga 5-6 marta ovqatlanish kerak. To‘g‘ri ammo siz mana shu 5-6 mahalda juda ko‘p ovqat yeysiz. Bilasizki, taomga qo‘l urganda ishtaha yanada ochiladi, demak siz tushlikda ham yaxshi ovqatlanasiz, kunning ikkinchi yarmida ham oshqozoningizni xafa qilib qo‘ymaysiz. 

Sakkizinchi sabab:

Sizda ozish uchun arzirli sabab yo‘q

“Chiroyli ko‘ylak sig‘ishi uchun” yoki kimgadir o‘xshash uchun ozishga harakat qilish sizga to‘g‘ri kelmaydi. Siz uchun eng yaqin do‘stingiz mazali shirinlik taklif etsa, qay birini tanlagan bo‘lardingiz? Do‘stingizni mehmondo‘stligi yoki chiroyli ko‘ylak? Albatta, bu vaziyatda do‘stingizni saxiyligini qabul qiling. O‘sha chiroyli ko‘ylakka sig‘masangiz, sig‘mabsiz. 

Ammo arziguli sabab bo‘lsa, bu yo‘lda chin ko‘ngildan harakat qiling. Ammo shuncha kilogrammga ozishim kerak, degan fikrni hayolingizdan o‘chirib tashlang. Agar sizga ozish emas, ozish yo‘lidagi harakatlar yoqsa va bu jarayondan zavq olsangiz, ishoning, qanday qilib ortiqcha vazndan xalos bo‘lganingizni sezmay qolasiz.  

To‘qqizinchi sabab:

“Endi ozishdan boshqa ilojim yo‘q!”, degan xato fikr borligi! 

Ha, ha! Hamma narsaning ham chegarasi bor. Agar sizning dugonangiz 180 sm. bo‘y uzunligi bilan 50 kilogramm og‘irlikka ega ekan, bu siz ham aynan mana shuncha og‘irlikka ega bo‘lishingiz kerak degani emas. Chunki ayrim ko‘rinishi yaxshi insonlar ham ozishga harakat qilishidan odamning kulgisi qistaydi. Aksincha, ular orasida semirishi kerak bo‘lganlari ham bor. 

XABARDOR.UZ / Sevarabegim


Bu ham qiziq

“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.
16:50 / 18.05.2025
Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Bugun “Man Siti” Angliya kubogi finalida o‘ynaydi.
10:49 / 17.05.2025
Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektoridan 1 million falastinlikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmo…
13:53 / 17.05.2025
AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Sent-Luis shahri rasmiylari bu tornadoni “tarixdagi eng dahshatli bo‘ronlardan biri” deb atadi. Noqulay ob-havo oqibatida ta…
08:28 / 18.05.2025
Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab soat 07:00 dan 21:00 gacha shahar ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini qo‘l…
20:08 / 16.05.2025
OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi…
09:53 / 18.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli no…
13:35 / 18.05.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
08:37 / 18.05.2025
Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

“Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘…
22:10 / 17.05.2025
Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi. Bu haqda …
09:32 / 17.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!