2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarining Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish sohasi bo‘yicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Halq ta’limi tizimini isloh etish borasida ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘qituvchilarning ish haqi sezilarli ravishda oshirilishi yuzasidan choralar ko‘rildi.
2019-yilda xalq ta’limi tizimiga Davlat byudjetidan 16,4 trln. so‘m (2018-yilda 11,8 trln. so‘m) mablag‘ ajratilib, mazkur mablag‘larning 15,2 trln. so‘mi (2018-yilda 11,02 trln. so‘m) ushbu tizim xodimlarining ish haqini to‘lashga yo‘naltirildi.
Ikki bosqichdan iborat bo‘lgan o‘qituvchilarning ish haqini oshirish jarayoni natijasida 2018-yil 1-sentabrdan va 2019-yil 1-yanvardan boshlab o‘qituvchilarning ish haqi 1,5 marotaba oshirilib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 1 440 131 so‘mdan 2 037 040 so‘mga ko‘tarildi.
Mehnat faoliyatini olib boruvchi o‘qituvchilarga nafaqani to‘liq miqdorda to‘lash yo‘lga qo‘yilishi natijasida 1 000 dan ortiq ishlamaydigan pensionerlar xalq ta’limi tizimiga qaytdi.
O‘qituvchi kasbi maqomini oshirish yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida xalq ta’limi tizimiga 12 871 nafar erkak o‘qituvchilar qaytib keldi hamda 133 320 ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich umumiy o‘qituvchilar sonining 30 foizini tashkil etadi (445 608 nafar).
O‘qituvchilar hisoboti 7 tadan 3 taga qisqartirildi.
2019 yilda barcha maktablar 11 yillik ta’lim tizimiga to‘liq o‘tdi. Buning uchun 10-11 sinflar uchun 18,7 mln. nusxada kitoblar chop etildi, 40 mingdan ziyod o‘qituvchilar ishga olindi, 33 ta yangi maktab qurildi, 623 tasi rekonstruksiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasida “Kitob hadyasi – Book challenge” ijtimoiy aksiyasi ishga tushirildi hamda ushbu ijtimoiy aksiya qisqa muddat mobaynida maktablarning kutubxona fondi 450 mingdan ziyodroq kitoblar bilan boyitilishiga sabab bo‘ldi.
Maktablarga ko‘maklashish o‘ziga xos milliy harakatga aylandi, barcha davlat dasturlari doirasida, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari qo‘llab quvvatlashi doirasida:
2864 maktabda isitish tizimi yaxshilandi;
493 maktablarning atrofi o‘raldi;
173 maktab ichimlik suv bilan ta’minlandi;
175 maktabda oshxonalar qurildi;
579 maktabda hojatxonalar qurildi;
181 maktabda kanalizasiya tizimi ta’mirlandi.
2018–2019-o‘quv yilining natijalariga ko‘ra 2 502 nafar maktab bitiruvchisi oltin medal va 2 555 nafar o‘quvchi kumush medal bilan taqdirlandi.
Zamonaviy mehnat bozorida ehtiyojga ega bo‘lgan kasblarning soni 51 dan 77 gacha (veb-uslubchisi, 3D-animator, imidjmeyker, landshaft dizayneri, brend menejeri va boshqa) oshirilib, maktablarda o‘quv ishlab chiqarish majmualarida ularga o‘qitish tizimi joriy etildi.
Hisobot davrida 2018-yilga nisbatan nemis tilini o‘qituvchi maktablar soni 54 taga (2018-yilda 1 623 maktab), fransuz tilini o‘qituvchi maktablar soni 44 taga (2018-yilda 1 143 maktab) oshdi.
Davlat xizmatlari markazlari, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) o‘quvchilarni birinchi sinfga qabul qilishni orqali sinov tariqasida Toshkent shahridagi 81 ta maktabda tashkil etildi (2019-yil 10-iyul holatiga 2 883 ta yo‘llanma berildi).
Mavjud maktablarni talab darajasida rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha uch yillik investitsiya loyihalari ishlab chiqildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!