Ko‘prik – insoniyatning eng qadimiy ixtirolaridan biri. U insonlarning o‘ziga xos me'morchiligi va tabiatni yengishga bo‘lgan ishtiyoqi ramziga aylangan.
Ko‘priklar bois yo‘l xarajatlari qisqaradi, savdo sohasidagi va strategik ahamiyati esa o‘ta yuqori darajada baholanadi.
Xabardor.uz sizni 10 ta eng uzun osma ko‘prik bilan tanishtiradi.
Ko‘prik Amerikada joylashgan bo‘lib, Guron va Michigan ko‘llarini birlashtiruvchi Makino bo‘g‘ozi uzra qurilgan. Uning uzunligi – 1158 metr.
Shveytsariyadagi Ongermanelven daryosi ustida qurilgan ko‘prik. Uzunligi – 1210 metr.
Oltin darvoza ko‘prigi AQShda bunyod etilgan. U yarimorol shimolidagi San-Fransiskoni janubdagi Marin okrugi bilan bog‘laydi. Ko‘prikning uzunligi 1280 metrga teng.
Amerikadagi yana bir ko‘prik. Nyu-Yorkning Bruklin va Staten-Aylend tumanlarini bir-biri bilan bog‘laydi. Uzunligi 1298 metrni tashkil etadi.
Tsinma ko‘prigi Gonkongda joylashgan bo‘lib, sharqdagi Tsing-I va g‘arbdagi Ma-Van orollarini tutashtiradi. Uzunligi — 1377 metr.
Bu ko‘prik Buyuk Britaniyada joylashgan. U Sharqiy Yorkshirni Shimoliy Linkolnshir bilan bog‘laydi. Uzunligi — 1410 metr.
Xitoydagi bu ko‘prikning uzunligi 1490 metrga teng. U ikki qadimiy shahar – Yanchjou va Chjenszyanni bir-biri bilan bog‘lab turadi.
Daniyadagi Katta Belt ko‘prigi haqiqatan ham o‘z nomiga munosib ravishda katta – uning uzunligi 1624 metr. U shu nomdagi bo‘g‘ozni kesib o‘tgan va Fyun hamda Zelandiya orollarini birlashtirgan.
Xitoyliklar katta ishtiyoq bilan dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi eng uzun osma ko‘prikni qurishgan – uning uzunligi 1650 metr. Ko‘prik Tszintan va Tsetszi orollarini o‘zaro tutashtirgan.
Xitoyliklardan faqat yaponlargina o‘tib ketishgan. Akasi bo‘g‘ozi uzra qad ko‘targan Akasi-Kaykyo ko‘prigi dunyoda eng uzun osma ko‘prik hisoblanib, uning uzunligi 1991 metrga teng.
Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti
Yer yuzidagi eng ko‘p odam kiradigan 10 ta muzey
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!