Oliy ta’limga kirish imtihonida qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida ham test sinovi topshirish imkoniyati yaratiladi.
Bu haqda kecha, 16-aprel kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.
Unga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur qarorning 4-bandida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining ayrim takliflariga rozilik berilgan.
Xususan,
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Universitetga (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, -tahr.) o‘qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;
2021/2022-o‘quv yilidan boshlab esa ushbu tajribani boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar) bo‘yicha respublikadagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda test sinovlari bazasini va kerakli infratuzilmani o‘z muddatida va sifatli shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari zarur bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 1994-yil 14-mayda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan Davlat test markazi zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish vazifasi yuklatilgan. Shu kunga qadar OTMlarga krish imtihonlarida jahon tillari hisoblangan ingliz, rus, nemis va fransuz tillari kabilardan test sinovlari bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!