$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda reklama bo‘yicha yangi qoidalar joriy etiladi

11:42 / 07.06.2019

Parlament quyi palatasida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamkorlikda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda reklama faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 1998 yilda qabul qilinganligi hamda unga hozirga qadar 14 marotaba o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi qayd etildi. Bundan tashqari, mazkur faoliyatni bevosita tartibga soluvchi 6 ta qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi va bugungi kunda amalda ekanligi ta'kidlandi.

Amaldagi qonunning normalari sezilarli darajada eskirgan bo‘lib, zamonaviy reklama bozori talablariga javob bermaydi. Xususan, unda elektron tijoratda tovar (xizmat)larni reklama qilishga nisbatan talablarni belgilovchi qoidalar mavjud emas. Shuningdek tovarlarning xaridini rag‘batlantiruvchi tadbirlarni reklama qilish tartibga solinmagan. Qonunda tovarlarning bozorda xaridorgirligini oshirishning keng tarqalgan usullaridan biri reklama aksiyasi tushunchasi va uni o‘tkazish tartibi nazarda tutilmagan.

Dori vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining reklamasi to‘g‘risidagi normalarni yanada takomillashtirish zarurati mavjud.

Tadbirda qayd etilganidek, tashqi reklamani joylashtirishni tartibga soluvchi normalar tashqi reklamani joylashtirish huquqini berishning amaldagi tartibiga muvofiq emas. Reklama agentining faoliyati qonun darajasida tartibga solinmagan.

Shu munosabat bilan, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlandi. Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish doirasida reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni tizimlashtirish, umumiy tusdagi va amalda o‘z kuchini yo‘qotgan normalarni qonun matnidan chiqarish; davlat organlarining reklama sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash; reklamaning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil va ekspertiza o‘tkazish taklif etildi.

Qonun loyihasiga mahsulotlarning xarid qilinishini rag‘batlantiruvchi tadbirlar reklamasi hamda elektron tijoratda tovarlarni reklama qilishga nisbatan talablarni belgilovchi yangi qoidalar kiritildi. Bundan tashqari loyiha matni “reklama aksiyasi”, “axloqqa zid reklama”, “reklama faoliyati sub'yektlari”, “reklama agenti” va boshqa tushunchalarga berilgan izohlar bilan boyitildi.


Bu ham qiziq

Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiya Federatsiyasida ishlash jarayonida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zo‘rav…
16:51 / 13.12.2025
Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

“Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman”, – deb yo…
16:28 / 13.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailand Kambodja bilan chegaradagi to‘qnashuvlar sabab Trat provinsiyasida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda Reuters x…
16:46 / 14.12.2025
Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Myanmada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zb…
15:50 / 13.12.2025
O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi tayinlandi

“O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida) Sardor Rustamboyev ushbu mamlakat Prezidenti Ramchand…
12:34 / 13.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

“Sotsializm sari harakat” partiyasi yetakchisi bo‘lgan Luis Arse 2020-yilda Boliviya prezidenti etib saylangandi. Mamlakatda…
09:13 / 14.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!