$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi joriy etiladi

10:11 / 21.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.

Quyidagilar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligining:

Qurilish vazirligi faoliyatiga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini joriy etish va uni 2020-yil 1-iyunga qadar Toshkent viloyatida markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalaridan, shu jumladan, investitsiya loyihalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi jarayonida tajriba tariqasida ishga tushirish;

tajriba natijalariga asosan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini 2021-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida real vaqt rejimida ishlashini ta'minlash;

 b) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020-yil 1-martga qadar davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hamda shaharsozlik hujjatlari va ma'lumotlarini jamoatchilikka onlayn rejimda taqdim etish imkonini beruvchi “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ni ishlab chiqish va test rejimida ishga tushirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Quyidagilar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining asosiy vazifalari etib belgilandi:

obyektlarning manzilli dasturi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan obyektlarning yillik manzilli ro‘yxati shakllantirilishini, ma'lumotlar bazasini yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash obyektlari bo‘yicha turlarga bo‘lib yuritilishini ta'minlash;

obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzilishi va avans mablag‘lari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma'lumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini ta'minlash;

loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, ko‘rsatilgan xizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilganligiga oid elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

obyektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi o‘rtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablag‘lari to‘langanligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma'lumotlarning elektron bazasini shakllantirish;

obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida ma'lumotlarni yig‘ish, bajarilgan ish hajmlari asosida to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari bo‘yicha ma'lumotlar bazalarini shakllantirish;

obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat va monitoring qilishda ularni ro‘yxatga olish, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish bo‘yicha ma'lumotlar bazalarini shakllantirish.

Qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish va shaffoflikni ta'minlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi va unga quyidagi vazifalar yuklatildi:

qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan samarali “ijro etilishi yuzasidan nazorat” (compliance control) tizimi joriy etilishini ta'minlash;

qurilish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalari loyihalarida korrupsiyaga oid holatlarni keltirib chiqaruvchi normalarni aniqlash bo‘yicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazilishini tashkil etish;

 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tadbirlar rejalari tasdiqlanishini ta'minlash, mazkur tizimlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini nazorat qilish;

qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etish orqali korrupsiya, byurokratik to‘siqlar va tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

qurilish sohasining shaffofligini ta'minlash maqsadida qurilish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning belgilangan muddatlarda ijro etilishini monitoring qilish;

 qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etishda mas'ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta'minlash;

 joriy etilayotgan axborot tizimlarining joylarda samarali ishlashini va qo‘llanilishining yagona amaliyotini ta'minlash;

qurilish sohasiga axborot texnologiyalarining joriy etilishi, shu jumladan, ularning korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga ta'siri bo‘yicha ma'lumotlarning keng ommaga yetkazilishini tashkil etish.

Komissiya faoliyat natijalari, shu jumladan, axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakunlariga ko‘ra axborot kiritadi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani: “Amir Temur”, “Temuriylar” hamda “Alisherobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 da…
14:15 / 08.05.2025
“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) hakamlar akademiyasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 08.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!