Sogʻlom turmush tarzi yuritishga va ovqatlanish ratsioningizni butunlay oʻzgartirishga qaror qilgan boʻlsangiz – har kuni sabzavotli va mevali smuzi ichishni boshlang.
Smuzi – oziqlanish bilan bogʻliq barcha muammolar yechimidir. Ba’zida smuzi tushlik oʻrnini bosishi mumkin – ayniqsa, tushlik tayyorlagingiz kelmagan, oʻrniga buterbrod yeyishni tanlagan kunlaringizda. Aynan shunday paytda smuziga murojaat qilgan yaxshiroa.
Mikser – sabzavotlarda va koʻkatlarda barcha oziqlantiruvchi moddalarni saqlab qolishni xohlaganingizda ajoyib vositadir. Smuzi – koʻproq koʻkat iste’mol qilishning eng optimal yoʻlidir.
Smuzining afzalliklari
Hech qanday qiyinchiliksiz holda koʻp miqdorda sabzavot va koʻkatlarni iste’mol qilishingiz mumkin: ularni toʻgʻrashingiz, chaynashingiz va bir dunyo idish-tovoq yuvishingiz shart emas.
Smuzi va sharbatni adashtirmaslik kerak. Yangi siqilgan sharbatlar juda foydali hisoblanadi, lekin unchalik emas. Sharbatning sogʻlomlashtiruvchi funksiyasiga halal beradigan ushbu jihati bor:
Sharbat va smuzining farqi shundaki, smuzining tarkibida sabzavotlar ham boʻladi, sharbatda esa sabzavotning sharbati boʻladi xolos.
Smuznining organizm uchun foydasi meva va sabzavotlarning siqilgan sharbatidan koʻproa. Chunki sharbatning tarkibida kletchatka boʻlmaydi, meva va sabzavot siqilganida tarkibidagi qand foydasizga aylanadi. Shu tariqa tarkibida bir xil qand miqdori boʻlishiga qaramay, sharbat va smuzi salomatlikka turlicha ta’sir koʻrsatadi: qondagi qand miqdoriga, ichak florasiga va yalligʻlanish jarayoniga.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!