$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: AQShda qullik bekor qilindi. Bu qanday sodir bo‘ldi?

12:35 / 01.02.2020

1865-yilning 1-fevralida AQShda qullikka barham berish jarayoni boshlandi. Dunyoning eng rivojlangan mamlakati qachon va qanday qilib qullikdan butunlay qutilganini bilib qo‘yish foydadan holi emas, albatta.

Amerikalik qullar uchun o‘n uch raqami baxt keltirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qonunga kiritilgan 13-o‘zgartirishga ko‘ra Qo‘shma Shtatlarda qullik va majburiy mehnat taqiqlangan. Qizig‘i shundaki, bu taqiq jazolanish uchun qulga aylantirilgan shaxslar uchun qo‘llanilmagan. Qonundagi o‘n uchinchi o‘zgartirish 1865-yil 31-yanvar kuni fuqarolar urushi vaqtida Amerika Kongressi tomonidan qabul qilingan. Keyin 1-fevraldan ratifikatsiya ishlari boshlab yuborildi. Shuning uchun 1865-yilning 1-fevral sanasi tarixga AQShda qullik bekor qilingan kun sifatida kirgan. 

Amerika Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘n uchinchi tuzatish kuchga kirishi bilan, 1619-yildan beri Britaniyaning Amerika koloniyalarida mavjud bo‘lgan tuzumni yo‘q qilish ishlari boshlandi. 1865-yil davomida 27 ta shtat qonundagi o‘zgarishni rasman qabul qildi. Ammo ba’zi shtatlar bu qonunga ancha keyin bo‘ysunishni boshladi: Kentukki 1976-yilda, Missisipi esa 2013-yilda. 

AQShning sobiq qullari Spilbergga rahmat aytishadi

Amerikaning ba’zi shtatlari qullikni bekor qilishni istamagan. Missisipi shtatida qonundagi o‘zgarishni ratifikatsiya qilish uchun faqat 1995-yildan boshlab ovoz berish ishini boshlagan. Ammo ish yakuniga yetmagan. Hukumat rasmiy hujjatlarning AQSh arxiviga topshirmaganlik sabablari hali ham noma'lum. Professor Ranjan Batrom bir tasodif sababli “xatoni” tushunib yetadi. U Spilbergning “Linkoln” filmini tomosha qilganidan so‘ng, har bir shtatlar qonundagi tuzatishni qachon qabul qilganini tekshirishga qaror qildi. Ana shu ishlardan so‘ng Missisipi shtati ma'murlari tuzatishni ratifikatsiya qilishadi, ammo shunda ham to‘liq hujjatlashtirishmaydi. 

Linkoln amerikalik qullarni ozod qilgan shaxs. Bu gapni ko‘pchilik biladi. Biroq, Linkoln uchun qullikni bekor qilish emas, balki Ittifoqni saqlab qolish muhimroq edi. U shunday deb yozgan: “Agar Ittifoqni saqlab qolish uchun bironta ham qulni ozod qilmaslik kerak bo‘lganda men shunday qilardim, agar Ittifoqni saqlab qolish uchun hamma qullarni ozod qilish kerak bo‘lsa, men shunday qilaman”. Fuqorolik urushidagi muvaffaqiyatsizliklar Prezident qarashlarini o‘zgartiradi. U qullarni kompensatsiya asosida bosqichma-bosqich ozod qilish bilan qullikning to‘liq bekor qilinishi uchun kurashadi. Qullikni bekor qilish urush harakterini o‘zgartiribgina qolmay, balki armiyani yangi kuchlar bilan to‘ldirish imkonini berdi. 

Qullar qayerdan kelgan?
Qullarning asosiy "yetkazib beruvchisi" Afrika edi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, 1500-yildan 1900-yilgacha AQShga 16,5 milliongacha odam yetkazilgan, umuman Afrika qit'asi o‘z tarixida 80 million kishini yo‘qotgan. Eng yaxshi "yetkazib beruvchilar" qatoriga Markaziy Afrika, Benin va Bayafra ko‘rfazlari kiritilgan. XVII asrning oxirida Britaniya bayrog‘i ilingan har to‘rtinchi kema bortida qullar olib yurilgan. Qullik bozorining yetakchi ishtirokchilari inglizlar edilar - ular Amerikaga 2,5 million kishi, undan keyin fransuzlar (1,2 million) va gollandiyaliklar (500 ming) olib kelishgan.  Ammo portugaliyaliklar eng ko‘p qul yetkazuvchilar bo‘lib, 4,5 million kishini qul qilib sotishgan. 

Bozorlarda baquvvat, sog‘lom qullar bor, olib qolinglar, degan tashviqotlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlarni arxiv hujjatlaridan topish mumkin. Kasalmand yoki zaif qullarga arzon mahsulot sifatida qaralgan. Qullarni xo‘rlashga jinoyat deb qaralmagan. Qul egasining mulki bo‘lib, xohlasa uni o‘ldirgan, xohlasa tirik qoldirgan.

Masalan, 1864-yilda Jorjiya shtatida sotilgan sog‘lom, jismonan kuchga to‘la qulning narxi 3 ming dollar bo‘lgan. Bu o‘z zamonining eng qimmat quli edi. Bir ona va uning mehnatga layoqatli ikki bolasi uchun 7 ming dollar berilgan.

Keyptaundagi katta muzey boshqaruvchisi Pol Tikmanning aytishicha “Insonlar bir-biriga nisbatan naqadar noinsoniy munosabatda bo‘lishi mumkin… Bugungi insonlar quldorlik haqida o‘ylab, ruhan ezilishi mumkin. Odamlarni mol sifatida pullash biznes bo‘lganini tan olish qiyin. Lekin insoniyatga xos ko‘plab illatlar, jumladan kamsitish, hurmatsizlik, zo‘ravonlik va xasislik hamon mavjud.”
Mana shu illatlarga qarshi turmas ekanmiz, deydi tarixshunoslar, o‘tmishdagi azob-uqubat hozir yoki ertaga takrorlanmasligini ta’minlash juda qiyin.

Nozima Rahmatova tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!