$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Ish va ijodda yordam beradigan 10 ta noodatiy gadjet

14:58 / 16.09.2019

Rassomlar, musiqachilar va shunchaki ishini samarali tashkil qilmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib gadjetlar bilan tanishamiz.

1.  Qo‘shimcha klaviatura


Tugmali va potensiometrli panellar klassik sichqoncha va klaviatura noqulay bo‘lgan paytda — fotormuharrirlar, musiqiy dasturlar va videomontaj uchun soft bilan ishlaganda asqatadi. Ba’zida yordamchi regulyatorlar klassik devayslarning o‘ziga o‘rnatiladi: masalan, Logitech Craft klaviaturasi korpusida boshqaruv diski bor. Palette Gear kabi universal dasturlovchi tizimlar ham bor. U magnitli modullardan iborat konstruktor bo‘lib, o‘z maqsadingizga mos orzuingizdagi klaviaturangizni yig‘ish imkonini beradi.

2.  Simsiz fleshka


Agar siz ma’lumot saqlovchi servislarga ishonmasangiz, klassik USB-portlar esa atrofingizda kamyob bo‘lsa, SanDisk (fleshka ishlab chiqarish brend) taqdim etuvchi qurilma sizga albatta yoqadi. Kompakt qurilmani nafaqat USB-portsiz kompyuterlar, balki bunday bog‘lanish umuman imkonsiz bo‘lgan gadjetlar: iOS va Android boshqaruvidagi smartfonlarga ham ulanish mumkin. Bundan tashqari fleshkadagi videoni birvarakay bir nechta ekranda ko‘rish mumkin.

3.  Qog‘ozda rasm chizish uchun planshet

Grafik planshet – rassomlar va dizaynerlar uchun juda qulay ashyo, ammo naqshlarni, chizmalarni va suratlarni qog‘ozga tushirish ko‘pchilikka yoqadi. 
Wacom kompaniyasi tabiiylik va elektronikani uyg‘unlashtirishga harakat qildi: natijada Intuos Pro Paper Edition plansheti hosil bo‘ldi. U mana bunday ishlaydi: siz qog‘ozni  planshetga joylashtirasiz va o‘rganganingiz kabi chizasiz, qurilma esa natijani kompyuter ekranidagi tasvirga aylantirib beradi. Gadjetda istalgan turdagi qog‘ozni ishlatish mumkin, maxsus qalam esa to‘plam ichida bo‘ladi. 

4.  Individual quyosh batareyasi

Ochiq ob-havoda smartfon, quloqchin va aqlli soat singari kam quvvatli gadjetlarni quyosh batareyalari yordamida quvvatlantirishimiz mumkin. Turli brendlar turli yechimlar taklif qilishmoqda: “Samsonite” derazalar uchun so‘rg‘ichli akkumulyatorlar ishlab chiqarmoqda, ularni ofisga yoki uyga o‘rnatish mumkin. Yolk’dan “Solar Paper” modulli quyosh panelini osongina ryukzakka ildirib, o‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin. 

5.  Rang aniqlovchi kompakt qurilma

Nix Sensor – kalitlar uchun jevak(brelok)ning kattaligidagi gadjet bo‘lib, har qanday yuzaning rangini aniqlaydi va RGB analiz natijasini smartfonga yuboradi. Uni devor uchun bo‘yoq tanlayotganda ishlatish mumkin (o‘chib borayotgan bo‘yoq bilan aynan bir tusda bo‘lishi uchun) yoki yoqimli ranglarni eslab qolib, garderobni yangilash vaqtida foydalanish mumkin. Bu gadjetning amaliy vazifalari unchalik ko‘p emas, ammo u grafika bilan ishlovchi va atrof olamdan ilhom qidiruvchilar uchun juda asqatadi. 

6.  Stol robot-manipulyatori

Agar o‘z qo‘lingiz bilan nimanidir yaratishni yaxshi ko‘rsangiz, Hexbot’dan ko‘p funksiyali robotlashtirilgan qo‘l sizga albatta ma’qul bo‘ladi. Shunchaki mos modulni tanlaysiz va kompyuterdagi programmaga buyruq berasiz.  Manipulyator lazer yordamida o'yma naqshlar qiladi, chizadi, 3-D printer kabi ishlaydi va so‘rg‘ichli nasadka bilan predmetlarni joyidan siljita oladi. 

7.  Gitara uchun elektron kamoncha

Klassik kamoncha odatiy elektogitarani chalish uchun to‘g‘ri kelmaydi, ammo tadqiqotchilar o‘xshash tovushni chiqara olish yo‘lini topishdi. Aeon String Sustainer yoki EBow elektron kamonchalari orqali mediator torga tekkanidan keyin ham, ancha vaqt gitara tovushi o‘chmaydi. Odatda qurilmani qo‘shimcha effektlar bilan birga qo‘llashadi. 

8.  Onlayn translyatsiyalar uchun miksher

Roland – musiqa asboblari va qurilmalari bozorida veteran bo‘lib, hozir ham aktual qurilmalar ishlab chiqaradi. 
Bunday gadjetlardan biri blogerlar va musiqachilar uchun ko‘p funksiyali VR-1HD miksheridir, uning yordamida bir kishining o‘zi rakurs va audioyo‘lakchakarni almashtirib professional translyatsiyalar o‘tkazish mumkin. Pultning maxsus ovozli effektlari, shuningdek, turli video-manbalarning kadrlarini tartiblovchi modellari bor.

9.  Noutbuk uchun qo‘shimcha ekran

Packed pixels – planshetlarni eslatuvchi ikkita display hamda ularni noutbuk ekranining ikki yonboshiga biriktiruvchi kronshteyndan iborat. 
Butun qurilma ryukzakda kompyuterdan ham kamroq joyni egallaydi. Yo‘lda ko‘p bo‘lsangiz va bir nechta monitor bilan ishlashga ko‘nikkan bo‘lsangiz, Packed Pixels sizga qo‘l keladi. 

10.  Samaradorlik uchun vaqt hisoblagichi

Saent – vaqt oralig‘ini hisobgich bo‘lib, stol usti tugmachasidan iborat. Ishlab chiqaruvchilar Pomodoro texnikasidan ilhomlanishgan: tugmacha ish uchun 25 daqiqali intervallarni qayd etadi va ularni 5 daqiqali tanaffuslar bilan almashtiradi. Saent – Windows va macOS uchun maxsus dastur bilan birga ishlaydi, bu dastur sizni 25 daqiqa davomida chalg‘itishi mumkin bo‘lgan saytlar va ilovalarni bloklaydi.


Bu ham qiziq

Rossiya Kiyevga “Oreshnik” bilan zarba beradi, agar…

Rossiya Kiyevga “Oreshnik” bilan zarba beradi, agar…

RF Ukrainaning 9-may kuni Moskvaga ehtimoliy hujumiga qanday javob qaytarilishini ma’lum qildi.
14:20 / 07.05.2025
Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airports ma'lumotlariga ko'ra, birinchi reys joriy yilning 23-mayiga rejalashtirilgan.
19:39 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi. B…
14:54 / 08.05.2025
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 33–35 daraja bo‘ladi.
22:46 / 07.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Prezident topshirig‘iga binoan amalga oshirilayotgan loyiha yoshlar o‘rtasida texnika ta’limi nufuzini oshirishga qaratilgan.
11:08 / 08.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!