$
12410.99 UZS
-85.95
158.38 UZS
-1
14237.89 UZS
-167.33
40° Kechasi 24°

Kun tarixi: animatsiya kinodan oldin paydo bo‘lganmi?

12:04 / 28.10.2019

Har yili 28-oktabrda nishonlanadigan Xalqaro Animatsiya kuni 2002-yilda The International Animated Film Association (Xalqaro animatsiya kino assotsiatsiyasi), ASIFAning Fransiya bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Bundan 127 yil avval, ya’ni 1892-yil 28-oktabr kuni Parijda rassom va ixtirochi Emil Reynaud birinchi marta harakatlanuvchi rasmlarni ko‘rsatuvchi praxinoskop qurilmasini ommaga namoyish etgan. Aynan shu voqeadan so‘ng animatsiya paydo bo‘ldi. Shuning uchun 28-oktabr animatsiya kuni sifatida keng nishonlanadi. Bugun dunyodagi ko‘plab animatorlar o‘zlarining yangi ijod namunalarini premyera qilishadi. 

Animatsiya kinodan oldin paydo bo‘lgan

Bunday deyishimizga asos bor. Chunki ilk kino 1895-yili namoyish etilgan. Bu haqida avval ma’lumot bergan edik. 

Gap shundaki, Lyumerlar ixtirosiga qadar Emil Reynaundning praxinoskop qurilmasi haqida deyarli unutilgan edi. 1894-yilga kelib esa, bu ikki ixtiro mualliflar tomonidan birlashtiriladi. Ana shundan so‘ng, animatsiya va kino birlashib, odamlarga chin ma’noda zavq ulasha boshlaydi. Keyinchalik, kompyuter paydo bo‘lishi bilan animatsiyalar ham kompyuterlar yordamida yaratila boshlandi. 

Картинки по запросу Emil Reynaud

Bilasizmi? 10 soniyalik animatsion film uchun naq 3 kun vaqt sarflanadi.
 
Quyidagi multfilmning yaratilish bosqichlarini o‘qib chiqsangiz, bunga amin bo‘lasiz: 
– qiziqarli syujet ishlab chiqish (10 soniya ichida juda ko‘p harakatlar to‘plamini ishlab chiqish kerak);

– harakat joylarini aniqlash (haqiqiy multfilmni olish uchun kerak bo‘ladigan sahnalar soni, harakat joylari birma-bir aniqlab chiqiladi);

– dizaynerlik: sahna ko‘rinishini tayyorlash va qahramonlarning fe’l-atvorini o‘rganish (animator nafaqat rasm chizadi, haykallar-u qahramon yaratadi, balki obraz harakteri haqida to‘liq o‘ylab, keyin obrazni tasvirlaydi);

– suratga olish jarayoni (filmning bir soniyasini suratga olish uchun 24 ta kadr kerak bo‘ladi);  
– personajlarning ovozli ijrosi va sahna ortidagi musiqa hamda boshqa shovqinlarni tanlash kerak;
– tayyor film montaj qilnadi.

Mana shunday jarayonlardan so‘ng, 10 soniyalik animatsiya tayyor holga keladi. 

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025
Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Isroil Bosh vaziri xalqqa murojaatida Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Trampga Erondagi yadroviy obyektlarga berilgan zarbala…
10:07 / 22.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. Husanov maydonga qaytgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klublar o‘rtasidagi JCh. Husanov maydonga qaytgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-tur uchrashuvida Angliyaning “Manchester Siti” klubi BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qars…
09:49 / 23.06.2025
AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

Yeztugo preparatini yiliga faqat ikki marta qabul qilish kerak. U allaqachon 7,000 kishi ishtirok etgan klinik sinovlardan o…
14:35 / 20.06.2025
20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:18 / 19.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

Endilikda Tom Aspinall to‘laqonli chempionga aylandi.
11:45 / 22.06.2025
Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy-havo kuchlari Erondagi uchta eng yirik yadroviy obyektni bombardimon qilganidan …
09:18 / 22.06.2025
22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
15:26 / 21.06.2025
O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

“Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi”, – deb xabar bermoqda “O‘zg…
14:35 / 23.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!