$
12768.26 UZS
-62.87
162.63 UZS
1.56
14400.04 UZS
-142.76
29° Kechasi 17°

AQSh dollari qanday ishlab chiqariladi?

18:35 / 11.07.2019

Dollarlar aynan AQShning moliya vazirligiga qarashli bo‘lgan yozish va chop qilish Byurosida ishlab chiqiladi. Byuro 1862 yilda Vashingtonda tashkil topgan bo‘lib, aynan qimmatli qog‘oz va banknotlar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. Byuroda ikki yuz ming kishidan ko‘p odam ishlaydi. Tangalar AQShda joylashgan asosiy ofisning tangalar binosida chiqariladi.

Aytmoqchi, bu byuroga ekskursiya ham uyushtirilib turiladi. Xohlovchilar unda qatnashishi mumkin. 

Hammasi avval po‘lat plastinada gravirovka (yozish) qilishdan boshlanadi. Bu ishni kamida 10 yillik malakaga ega bo‘lgan ustalar bajaradi. Zargarlik ishiga yaqin bu og‘ir ish ancha aniq va sinchkovlikni talab qiladi. Gravirovkani sifatiga qarab qalbakilashtirish himoya tengligi ko‘rinadi.

Oddiy qog‘oz emas, tolali qog‘oz

Gravirovka tayyor bo‘lgandan so‘ng, maxsus qog‘oz tayyorlash lozim. Dollarlar vaqt o‘tishi mobaynida sarg‘aymasligi uchun daraxtdan olingan oddiy qog‘ozlarda chop qilinmaydi. Ularni 25 foizi kanop ipi va 75 foizi paxtadan bo‘lgan massadan tayyorlanadi. Qog‘oz sintetik tolalar bilan kuchaytiriladi (Birinchi jahon urishiga qadar bu vazifani ipak iplar bajargan). AQShdagi gravirovka va bosma uchun bunday qog‘ozni Massachusetsdagi “Kreyn va kompaniya” kompaniyasi bajaradi.

Qog‘oz ishlab chiqarish jarayoni sakkiz davrdan iborat bo‘ladi. Avval paxta va kanop qaynatib, so‘ngra tozalab, oqartiriladi. Keyin esa presslab, alohida darajada bo‘tqasimon holda yumshatiladigan apparatga solinadi.

Bu qog‘ozda ishlab chiqariladigan banknotlarda ichki qatlam mavjud bo‘lib, uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi. Kiritilgan belgilar shu qatlamdan tola o‘tkazilganda paydo bo‘ladi. Shuningdek, qog‘oz ishlab chiqish jarayonida banknotda so‘nggi jarayonda ko‘rinadigan himoya poloslari tikiladi.

Bu bosqichlar bo‘lib o‘tgandan so‘ng qog‘oz maxsus press bilan quritiladi. Va og‘irligi 4 tonna, eni 2,5 metr bo‘lgan katta rulon tarzida o‘raladi. Qog‘ozda kiritilgan maxsus belgilar mavjud bo‘lib, har bir rulon aniq nominal asosida banknot ishlab chiqarishga yuboriladi. Har bir ana shunday rulondan 3,5 milliard yuz dollarlik pullar ishlab chiqish mumkin.

Kuchli kuzatuv nazorati

Belgi kiritilgan rulonlar aynan AQShdagi yozish va bosish Byurosiga kelib tushadi. Bu yerda jiddiy kuchaytirilgan qo‘riqlash bo‘limi va videokuzatuv mavjud bo‘lib, o‘g‘irlik sodir bo‘lmasligi uchun dollar ishlab chiqarish bosqichlari kuzatuvga olingan. Ishchilar binoga kirishlari bilan ularni har bir qadami nazorat ostida bo‘ladi. Asosiy, kerakli joylarga signalizatsiya va detektorlar o‘rnatilgan. Byuro binosi alohida bo‘limlarga ega bo‘lib, u yerga faqatgina maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan ishchilar kiritiladi.

Banknot ishlab chiqarish qalbaki ishlab chiqarishga himoya bo‘la oladigan olti bosqichdan iborat. Bulardan biri biz oz bo‘lsada bilganimiz gravirovka jarayonidir. Gravirovkadan so‘ng katta Simultan dastgohi ishga tushadi. U bir vaqtda ikki tomonlama chop qila oladi. Bu stanok banknotlarni har xil ranglar va ko‘z ilg‘amas sonlar bilan to‘ldiradi. 

Eng arzon siyoh

Aytmoqchi, siyohlar haqida. Boshida dollarlar qoraroq siyohda ishlab chiqarilgan. Ammo Shimol va Janub o‘rtasidagi bo‘lgan urush vaqtida 60 million dollar yangi belgili pullar ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Buyurtma Nyu-Yorkdagi “American Bank Note Co.” chop qilish kompaniyasiga berilgandi. Faqatgina 5, 10, 20 dollarli nominallar ishlab chiqilishini inobatga olsak, qanchalik ko‘p banknot ishlab chiqishga to‘g‘ri kelganini tasavvur qilish qiyin emas. Ishlab chiqaruvchilar ishga amaliy qarab omborda eng ko‘p yashil siyoh kolganini aniqladilar. Shu tariqa dollar yaqin-yaqinga qadar ancha arzon bo‘lgan yashil siyohda ishlab chiqilgan. Hozirda yuqori chidamlilikka ega maxsus siyoh tayyorlanadi.

Siyoh qog‘ozda chop qilingandan so‘ng, 72 soat ichida quriydi. So‘ng chuqur chop etish navbati keladi. Maxsus press qog‘ozni siyoh to‘la chuqurchalar bilan to‘ldirib, faktura yaratadi. Hech qanday rangli nusxa ko‘chirish apparati bunday ko‘chirish effektiga ega emas. Chuqur chop qilish banknotni har bir tomonida ishlatilib, shundan so‘ng qog‘oz yana 3 kun davomida quritiladi.

Har kuni ushbu maxsus pressdan 1,3 tonna uch xil siyoh va gazeta formatidagi 10 ming qog‘oz varag‘i o‘tadi. Byuroda 24 pressda ishlovchilar 650 mln. dollar qiymatidagi har xil nominaldagi 35 mln. banknotni, 95 foiz ishlatilagan pullar uchun banknot ishlab chiqariladi. 

Qalbakilashtirish mumkin emas

Siyoh qurib va rasm tushirilgan varaqlar tayyor bo‘lgandan so‘ng, nuqsonlarni tekshirish uchun nusxa ko‘chirish bosqichiga o‘tiladi. Sifatsiz dollarlarni tekshirish lozim. Har bir varaqni tekshirish uchun bir soniya ketadi. So‘ng unga raqam qo‘yiladi. Kompyuter bir vaqtda 37 varaqdagi, milliondan oshiq mikroskopik kvadratlarni tekshiruvdan o‘tkazishga qodir. Agar kvadratlar mos tushmasa tasvir monitorga chiqadi.

Sifatsiz pullar yo‘q qilinadi. Ba'zan esa raritet (oldingi qimmatli buyumlar va suratlar, qurollar yig‘uvchi) qiziquvchilari qo‘liga tushishi va pullar ularni qo‘lida yuz va ming barobar oshishi mumkin. Varaqlar tekshiruvdan o‘tgandan keyin seriya raqamlari va federal zaxira belgisi qo‘yiladi. Bu — pullarning uy manziliga o‘xshaydi. Seriya raqami, partiya raqami va nominallar – uchalasi varaqni boshqalaridan ajratib turuvchi omillar hisoblanadi. Ular qaytarilmaydi, chunki har bir banknotda u chiqarilgan sana va topshirilgan joyni aniqlash mumkin.

Pullarning “uyi”

Pullarni tarqatish huquqi Federal zaxira tizimga a'zo 12 bankka berilgan. AQSh hududi o‘z federal zaxira bankiga ega 12 ta hudud (okrug)ga taqsimlangan bo‘lib, alifbo tarzda joylashtirilgan va raqamlab chiqilgan:

1. A – Boston

2. B – Nyu-York

3. C – Filadelfiya

4. D – Klivlend

5. E – Richmond

6. F – Atlanta

7. G – Chikago

8. H – Sent-Luis

9. I Minneapolis

10. J Kanzas-Siti

11. K – Dallas

12. L – San-Fransisko

Oxirgi bosqichda varaqlar kelib tushadigan joyda ular qirqiladi va sanoqdan o‘tkazilib, taxlanadi. Endi ular banka jo‘natishga tayyor. U yerdan keng daryoga o‘xshab, AQShning boshqa banklari va dollar kerak bo‘lgan boshqa mamlakatlarga tarqatiladi.

Dollar milliy valuta sirasiga kiruvchi mamlakatlar ro‘yxati:

Banknotlar ko‘p tarqalgan. Shuningdek, AQSh dollari milliy valuta statusiga ega ba'zi boshqa mamlakatlarda bu valuta qo‘shimcha parallel valuta hisoblanadi. 

Bermud orollari

Boneyr

Britaniyaga qarovchi Virginiya oroli

Sharqiy Timor

Zimbabve

Marshall orollari

Palau

Panama

Puerto-Riko

Saba

Salvador

Sint-Estatius

Tyorks va Kaykos

Mikroneziya Federativ Shtatlari

Ekvador

Amerika valutasi haqida qiziqarli faktlar 

AQShdagi gravirovaka (ishlov berish) va chop qilish Byurosida o‘tgan 2013 yilda 6,6 milliard banknot ishlab chiqildi. Nominalni e'tiborga olmagan holda har bir banknotni ishlab chiqarish qiymati 10 sentni tashkil qiladi.

Barcha zamonaviy dollar banknotlari nominaliga qaramay bir xil o‘lcham 6.14 ga 2.61 dyuym (155.956 ga 66.294 mm) ni tashkil etadi. Banknotni yaroqsiz holga keltirish va yirtilishi uchun uni 4 ming bora g‘ijimlash kerak. AQShning federal zaxira tizimi ma'lumotlariga qaraganda bir dollarli banknotni ishlatilish muddati 22 oy, 5 dollarli esa 24 oy “yashaydi”, 10 dollarli — 18, 20 dollarli — 25, 50 dollarli — 55. 100 dollarli banknot ko‘p yashovchi bo‘lib, uni 60 oygacha ishlatish mumkin.

AQShdagi moliya vazirligining ma'lumotlariga qaraganda (ingl. “Department of Treasury”), masalan 99 foiz ishlab chiqarilgan dollar banknotlari va tangalar erkin muomilada. 1995 yildan 2005 yilga qadar erkin muomiladagi dollarlar summasi 89 foizgacha oshdi va 758.8 mlrd. ga yetdi.

2006 yil 30 sentabr holatiga ko‘ra, dunyoda umumiy miqdori 971 mld 922 mln 146 ming 480 dollar, banknot va tangalar bo‘lgan. Ulardan 790 mlrd 556 mln 011 ming 806 dollar erkin muomilada bo‘lgan (sayyoramizagi har bir yashovchi uchun 150 dollarga to‘g‘ri keladi).

Yoqimli va sirli hikoya

Agar Siz yuqoridagi faktlardan charchamagan bo‘lsangiz, AQSh fideral zaxira bankining banknotlari haqidagi hikoyani tinglang. 

1 AQSh dollari

Bir AQSh dollari AQShning eng kam nominal qiymatiga ega bileti bo‘lib, uning yuz tarafida Gilbert Styuart qalamiga mansub AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonning surati aks ettirilgan.

Teskari tomonida AQSh Katta bosmaxonasining ikki tomoni aks ettirilgan. Kupyurani muomilada o‘rtacha bo‘lish muddati 70 oyni (deyarli 6 yil) tashkil etadi. 2009 yilda 2,5 milliard ushbu qiymatdagi banknot chiqarilgan.

1 dollarning zamonaviy dizayni Franklin Ruzvelt tomonidan 1935 yilda tasdiqlangan. Xuddi shu ko‘rinishdagi bir qancha o‘zgarishlar (pechatlar tomoni o‘zgartirilmagan) hozirgi kunga qadar mavjud.

2 AQSh dollari

Ikki AKSh dollari – nominal qiymati bo‘yicha ikkinchi AQSh fideral zaxira bileti bo‘lib, yuz tarafida Tomas Jyefferson aks etirilgan teskari tomonida esa Jon Trambullaning “Mustakillik deklaratsiyasi” surati aks ettirilgan. 

Kupyuraning chiqarilishi 1966 yilda to‘xtatilgan bo‘lsada, 10 yil o‘tgandan so‘ng AQSh mustaqilligining 200 yilligi munosabati bilan qayta tiklangan. Hozirgi kunda ushbu kupyurani yangi ekzemplyari deyarli chiqarilmaydi. (Jami chiqarilgan banknotlarning 1 foizi). Shuning uchun ham uni muomilada kam ko‘rish mumkin. Buni esa, o‘z navbatida, ikki dollarli kupyurani muomiladan chiqarilganligi to‘g‘risida turli afsonalar to‘g‘ilishiga sabab bo‘lib, ushbu kupyura bilan muomila qilishni xohlagan odamlarga muammo tug‘dirgan.

Ushbu kupyurani kamyobligini 1976 yilda chiqarilgan kupyuralarni aholi o‘rtasida juda ommalashib ketganligi (xatto kolleksiya qilinishga ham sabab bo‘lganligi), lekin pul muomilasida talab etilmaganligi bilan izohlash mumkin. 1996 yilning avgust oyiga kelib, yangi seriyadagi banknotlar chiqarilgan vaqtda ushbu kupyuralar deyarli qolmagandi. Ayni damda ishlov berish va chop qilish Byurosi 45 millionga yaqin ikki dollarli kupyura chiqarishni rejalashtirmoqda.

5 AQSh dollari 

Besh AQSh dollarining yuza qismida AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolning surati aks ettirilib, teskari tomonida Linkoln memoriali tasvirlangan.

10 AQSh dollari

O‘n dollarlik banknotning yuz tomonida AQShning birinchi moliya vaziri Aleksandr Gamiltonning surati aks ettirilgan bo‘lib, u bu borada Amerikaning prezidenti bo‘lmagan Benjamen Franklinga o‘xshaydi. Teskari tomonida AQSh Moliya vazirligi binosi aks ettirilgan. Hozirgi vaqtda 1996-2009 yillar seriyalaridagi biletlar muomilada bo‘lib, chidamlilik muddati 18 oyni tashkil etadi. 

20 AQSh dollari

Yigirma AQSh dollari banknotining yuz tomonida AQShning 7-prezidenti Endryu Jyekson, teskari tomonida Oq uyning fasad qismi, 16- avenyu tomonidan tushirilgan surati aks ettirilgan. Hozirgi vaqtda 1996-2009 yillar seriyalaridagi biletlar muomilada. 

Banknotning o‘rtacha xizmat muddati 25 oyni tashkil etib, 2009 yilda chop qilingan AQSh banknotlarining 11 foizini 20 dollarlik kupyuralar tashkil etgan.

50 AQSh dollari

Ellik AQSh dollari. Banknotning yuz tomonida AQShning 18-prezidenti Ullis Grant, teskari tomonida XIX asrdan buyon AQSh kongressi yig‘ilishi o‘tkaziladigan AQSh Kapitoliysi tushirilgan surat aks ettirilgan. Byuroning ma'lumotlariga qaraganda kupyuraning xizmat muddati 55 oyni tashkil etib, 2009 yilda chop qilingan. AQSh banknotlarining urtacha 6 foizini 50 dollarlik kupyuralar tashkil etadi.

100 AQSh dollari

1969 yildan boshlab AQShda yuz dollarli eng katta qiymatli kupyura hisoblanib kelinadi. (Undan oldin 500, 1000, 5000 va 10 000 dollarli biletlar muomilada bo‘lgan). Ayni vaqtda yuz dollarlini 1996 — 2009 yilda chiqarilgan seriyalari muomilada. Uning yuza qismida Benjamin Franklin, ort tomonida esa “Mustaqillik deklaratsiyasi” va AQSh Konstitutsiyasi imzolangan bino — Independens-xoll tasviri tushirilgan.

Ilk yuz dollarlik kupyuralar fideral hukumat tomonidan 1862 yilda chiqarilgan. Franklin tasviri 1914 yilda chiqqan seriyalarda, Independens-xoll surati esa 1928 yilda chiqarilgan seriyalarda aks eta boshlagan. 2009 yilda 1 785 600 000 yuz dollarli kupyura chiqarilgan. Byuroning ma'lumotiga qaraganda chiqarilagan biletlar muddati 89 oyni tashkil etadi.

500, 1000, 10 000 va hatto 100 000 dollarli pullar...

1934 yilda chiqarilgan 500 dollarli banknotda AQShning 25-prezidenti Uilyam Mak-Kinli (ingl. William McKinley) tasviri tushirilgan.

1934 yilda chiqarilgan 1000 dollarli banknotda AQShning 22- va 24-prezidenti Grover Klivlend (ingl. Grover Cleveland) tasviri aks etgan.

5000 dollarli banknotda AQShning 4-prezidenti Jyeyms Medison (ingl. James Madison) tasviri tushirilgan.

1934 yilda chiqarilgan 10 000 dollarli banknotda prezident Linkoln paytida AQSh Moliya vazirligi boshlig‘i va keyinchali AQSh Yuqori sudining boshlig‘i Selmon Cheyzning tasviri tushirilgan. Bu banknot so‘nggi bor 1944 yili chiqarilgan. 

“Biz Xudoga ishonamiz”

Selmon Cheyz birinchilar bo‘lib AQSh pullariga “Biz Xudoga ishonamiz” jumlasini yozdira boshlagan. Bundan oldin 1864 yilda chiqarilgan 2 sentli chaqalarda shu kabi jumlalarni uchratish mumkin bo‘lgan. Qog‘oz pullarda esa bu jumla 1957 yilda ko‘rina boshlagan, 1963 yildan doimiy qo‘llanib kelinadi. Qiziq tomoni shundaki, 1863 yilda chiqarilgan 1 dollarli kupyurada Jorj Vashington surati emas, Selmon Cheyzniki tasvirlangan. (Hozirda garchi 10 000 dollarli banknotlar chiqmayotgan bo‘lsada, 100 donaga yaqini saqlanib qolgan va ular o‘z qiymatiga ega ekanligi qonunan tasdiqlab qo‘yilgan).

1934 yilda chiqarilgan 100 000 dollarlik banknotda AQShning 28-prezidenti Vudro Vilson (ingl. Woodrow Wilson) tasviri tushirilgan. Bu banknotlar erkin muomilaga chiqarilmagan bo‘lib, faqatgina AQShning ichki hisob-kitoblariga mo‘ljallangan.

Mana, dollar haqida barcha sirlarni bilib oldingiz. Endi bular haqida do‘stlaringiz bilan bo‘lishing va unutmangki xabardor.uz bundan ham qiziqarli dunyo sirlarini siz bilan o‘rtoqlashadi.


Bu ham qiziq

30-may uchun ob-havo ma’lumoti

30-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
22:30 / 29.05.2025
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklik mustahkamlanmoqda

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Resp…
14:23 / 29.05.2025
VAR – futboldagi adolatmi yoki...?

VAR – futboldagi adolatmi yoki...?

Millionlar o‘yinida adolatni ta’minlash va xatoliklarni kamaytirish maqsadida FIFA tomonidan 2018-yildan boshlab VAR (Video …
12:55 / 29.05.2025
Endi nogironlik pensiyalari uchun alohida murojaat talab etilmaydi

Endi nogironlik pensiyalari uchun alohida murojaat talab etilmaydi

“Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori q…
09:56 / 29.05.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025
Turkiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiy, Trump va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor ekanligini aytdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiy, Trump va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor ekanligini aytdi

Turkiya Rossiya federatsiyasi, Ukraina va AQSh rahbarlari Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy va Donald Trampning uchrashuvin…
21:07 / 30.05.2025
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda P…
22:05 / 30.05.2025
31-may uchun ob-havo ma’lumoti

31-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:22 / 30.05.2025
Tramp Netanyaxuni Eronga zarba berishning oqibatlaridan ogohlantirgan

Tramp Netanyaxuni Eronga zarba berishning oqibatlaridan ogohlantirgan

Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Tehron “kelishuvga juda yaqin” turibdi.
10:28 / 29.05.2025
Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

U bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
09:28 / 29.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!