Bu dunyoda yangi narsa o‘rganish hech qachon zarar qilmaydi. Ayniqsa, uni egallash uchun ortiqcha vaqt talab qilmasa... Bugun e’tiboringizga siz 10 daqiqada o‘rganishga ulguradigan foydali odatlarni keltirib o‘tmoqchimiz.
1. Xotirani rivojlantirish
Matematik misollarni kalkulyatorsiz hal qilish diqqat va xotirani jamlashga o‘rgatadi hamda kundalik hayot uchun foydalidir. 10 daqiqadan so‘ng choychaqalarni hisoblash, beshga bo‘lish yoki uch xonali amallar bilan ishlashni o‘rganib olishingiz mumkin.
2. Ma’lumotni tez eslab qolish
Materialni oson va sifatli eslab qolish uchun maxsus texnikalar mavjud. Ular yodlash qobiliyati asta-sekin yo‘q bo‘lib ketadigan kattalar uchun foydali bo‘ladi va maktab o‘quvchilari hamda talabalar uchun o‘rganishni yanayam osonlashtiradi.
3. “Issiq” tugmachalardan foydalanish
Bu – kompyuterda ishlashni sezilarli darajada osonlashtiradi va vaqtni tejaydi. 10 daqiqada siz asosiy kombinatsiyalarni yodlab olib, bir qancha yangilarini o‘rganishingiz mumkin.
4. Internetda kengaytirilgan qidiruvdan foydalanish
Qidiruv so‘zlariga kiritilishi kerak bo‘lgan maxsus operatorlar so‘rov bilan birga qidiruv shartlarini o‘rnatadi va kerakli ma’lumotlarni tez va aniq topishga imkon beradi. Ishingizda, shubhasiz, foydali. Ushbu qidiruv imkoniyatlarini Google va Yandex brauzerlari yordamida o‘rganib chiqing va darhol amalda sinab ko‘ring.
5. Galstuk bog‘lashni o‘rganish
Tasavvur qiling, siz ish bo‘yicha uchrashuv yoki kechki ovqatga kech qolyapsiz. Galstukni esa qanday bog‘lashni bilmay jig‘ibiyron bo‘lyapsiz. Albatta, siz uning elastik modellarini sotib olishingiz mumkin, lekin bu ko‘pincha bema’ni ko‘rinadi. Shunday qilib, 10 daqiqa mashq qiling – buni o‘rganish uchun ko‘p vaqt talab qilinmaydi.
6. Qulfni kalitlarsiz ochish
10 daqiqada murakkab qulflarni ochishni o‘rganish bilan muvaffaqiyat qozonish dargumon. Ammo murakkab vaziyatlarga tushib qolganda bu ko‘nikma asqatadi. O‘z vaqtida o‘rganib qo‘ymaganingiz uchun keyinroq afsus qilasiz. Masalan, bolangiz qulflangan xonada qolib ketgan bo‘lsa...
7. Olovni gugurtsiz yoqish
Buni bir necha usul bilan qilishni o‘rganing. Masalan, temir banka, oziq-ovqat plyonkasi yoki batareyadan foydalanish mumkin.
8. Sharfni chiroyli qilib o‘rash
10 daqiqada siz sharfni turli usullar yordamida bog‘lashni o‘rganib olishingiz mumkin. Iloji bo‘lsa, ketma-ketlikni videoga olib, telefoningiz xotirasiga saqlang.
9. Kiyim yorliqlaridagi belgilarni tushunish
Har bir mahsulot yorlig‘ida piktogramma shaklida uni parvarishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud. Ko‘pchilik ularga beparvo munosabatda bo‘ladi. Va chakki qiladi. Chunki noto‘g‘ri foydalanish bilan buyumlar tez eskiradi. Ushbu belgilarning barchasi nimani anglatishini bilib oling va sevimli kiyimlaringiz uzoq umr ko‘rishiga imkon bering.
10. Tez va ehtiyotkorlik bilan kiyimlarni taxlash
Bir necha soniya ichida kiyimlarni taxlash, shkafda kam joy egallashi uchun yordam berishning ko‘plab samarali usullari mavjud. Ularni o‘rgansangiz, kiyim javoningiz doim orasta turadi va dazmollash uchun vaqt sarflab o‘tirmaysiz.
11. Bir necha soniya ichida poyabzal bog‘ichini bog‘lash
Ko‘rinishidan unchalik foydasiz mahorat emas. Tasavvur qiling-a, siz odatda oddiy bog‘ichli tuflilarga qancha vaqt va asab sarflaysiz. Shunchaki 10 daqiqada bog‘ich bog‘lashning tezkor usullarini sinab ko‘ring.
12. Qog‘ozdan origami yasash
Qog‘oz shakllarini yasash – eng foydali mashg‘ulotga o‘xshamaydi. Ammo qog‘oz hayvonlar, gul yoki yulduzlar bir kun bolalaringiz va sevganingizni quvontirishi, nizoni bartaraf etib, sovg‘ani chiroyli qilib bezashga yordam berishi mumkin.
13. Tushkunlikdan xalos bo‘lish
Buning bir necha xil texnikasini ko‘rib chiqing – masalan, nafas olish, yoga bilan shug‘ullanish, meditatsiya. Maxsus dam olishga yordam beradigan usullarni ajratib, o‘rganing. Favqulodda vaziyatlarda yoki band ish kunidan keyin bu mahorat juda foydali bo‘ladi.
14. Ish joyida gimnastika bilan shug‘ullanish
Ofis ishchilari ko‘pincha orqa, yelka, bel va bo‘yin og‘rig‘idan aziyat chekishadi. Bir nechta foydali mashqlarni toping va ularni darhol bajaring. Noxush tuyg‘ular sizni bezovta qilmasligi uchun ularni eslab qolib, kundalik odatga aylantirishga harakat qiling.
15. Ko‘z og‘rig‘ini yengillashtirish
Ko‘zlar uchun gimnastika, ayniqsa, kompyuterda ishlayotganlarga foydalidir. Stressni yengillashtiradigan mashqlarni o‘rganing va bajarishga harakat qiling. Bu kelajakda ko‘rish qobiliyatini saqlashga yordam beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!